Federiko Valverde: "Endi raqiblarimiz bizni ko'proq hurmat qilishadi"
24 noy 2023 13:09
Yangiliklar
Federiko Valverde: "Endi raqiblarimiz bizni ko'proq hurmat qilishadi"
Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi jamoasining so'nggi o'yinlari haqida gapirdi.
Urugvay terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverdening fikricha, "seleste"ning so'nggi o'yinlari raqiblarning jamoaga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi.
"Biz endigina sayohatimizni boshladik. Lekin endi maydonda ko'rsatganimiz va o'yinimiz saviyasidan keyin raqiblarimiz bizni ko'proq hurmat qilishadi. Biz davom etmoqchimiz, chunki hali ko'p muhim vazifalarni bajarishimiz kerak. Biz qoniqmayapmiz va yanada ko'prog'ini istaymiz", – dedi Valverde.
Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi JCH-2026 saralashining so'nggi o'yinlarida Braziliya, Argentina va Boliviya terma jamoalarini birorta ham gol o'tkazib yubormasdan mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar