"Paxtakor" Fayzullaevning goli evaziga "Mladost"ni mag'lub etdi
26 jan 2023 22:31
Yangiliklar
"Paxtakor" Fayzullaevning goli evaziga "Mladost"ni mag'lub etdi
Mazkur bahsdan avval "Paxtakor"ning bir necha futbolchisi yoshlar terma jamoasi yig'ini uchun Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi. Serbiya klubi bilan bellashuvda tashabbus "Paxtakor" tarafida bo'ldi. 85-daqiqada 2005 yilda tavallud topgan Akbar O'ktamovning pasidan keyin Abbos Fayzullaev "Paxtakor"ni oldinga olib chiqdi. Ushbu gol "Paxtakor"ga yig'indagi uchinchi nazorat uchrashuvida g'alaba keltirdi.
"Paxtakor"ning Turkiyadagi ikkinchi yig'ini 31 yanvar kuni boshlanib, 14 fevral kuni yakunlanadi.
"PAXTAKOR" - "MLADOST GAT" (Serbiya) - 1:0
Gol: Fayzullaev, 85.
"Paxtakor": Quvvatov (Suyunov, 46), Todorov, Tursunov (Abdumajidov, 46), Azmiddinov (Hamraliev, 46), Sayfiev (Poyonov, 46), Hamrobekov (O'rinboev, 46), Sobirxo'jaev (Xolmatov, 46), Fayzullaev, Turg'unboev (O'ktamov, 46), CHeran (Banashak, 46), Xoldorxonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar