So’nggi yangiliklar

08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  1 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  4 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  18 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  24 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6

Faxriylar chempionatida Ro'ziqul Berdiev uchinchi, Sergey Lushan birinchi bo'ldi Yangiliklar

Faxriylar chempionatida Ro'ziqul Berdiev uchinchi, Sergey Lushan birinchi bo'ldi

Bugun Toshkentdagi CHig'atoy futbol maktabining suniy maydonida faxriylar o'rtasida Respublika chempionatining final o'yini bo'lib o'tdi.

Kecha bo'lib o'tgan yarim final uchrashuvida kubokning amaldagi sohiblari Qo'qon terma jamoasi navoiylik futbolchilarni 3:0 hisobda mag'lubiyatga uchratib final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edilar. Ikkinchi yarim final juftligida Toshkent  terma jamoasi Qashqadaryoni 4:2 hisobda yutgan edi.

Uchinchi o'rin uchun bo'lib o'tgan qiziqarli uchrashuvda Ro'ziqul Berdiev sardorligi ostida maydonga tushgan qashqadaryoliklar 3:0 hisobda g'alaba qozondilar. O'yin taqdirini o'z dubli bilan aynan "Nasaf" ustozi mualliflik qildi. 

3-o'rin uchun

Navoiy - Qashqadaryo 0:2 (0:1)

Hakamlar: Vadim Agishev, Timur Galeev, Timur Gaynulin, Olim To'ychiboev.

Gollar: Ro'ziqul Berdiev (17, 38)

Navoiy:  SHuhrat Rizaev, Baxriddin Raxmatov, Obid Xudoyorov, Anvar Sanaev, Farhod Akramov, Farhod Nurullaev, O'ktam Hamroev, Ro'ziev, Yuldashev, Hasan Maxmudov, Hamidjon Aktamov

Qashqadaryo: Erkin Mirzaev, Ikrom Siddiqov, O'tkir Xoliqov, Tolip SHoymardonov, SHuhrat Toshpo'latov, SHuhrat Qiyomov, Zoyir To'raqulov, Qurbonnazarov Dilrux, Dadajon Tog'aev, Kamil Yagmirov, Ro'ziqul Berdiev.








Finalda esa azaliy raqiblar to'qnash keldilar. Birinchi bo'limda Umid Quvvatov hisobni ochdi. "Bunyodkor" libosidagi toshkentliklar esa xarchand urinmasinlar gol ura olmadilar. Bunga sabab, raqib darvozasini Farhod Musajonov qo'riqlagani bo'ldi. Juda ko'plab seyv muallifi bo'lgan posbon ikkinchi bo'limda biroz toliqdi shekili, ikkita gol o'tkazib yubordi. Qo'qon terma jamoasining asosiy tarkibidan uch nafar futbolchini Toshkentga kela olmagani pand berdi. Aksincha, Toshkent terma jamoasi bu yil Aleksandr Xvostunov va "Bunyodkor"ning ruminiyalik murabbiyi Avgustin CHirica evaziga kuchayganligi bilindi. Lushan esa yil davomida mashg'ulotlarda ishtirok etganini o'yin davomida bildirdi. Natijada Alisher Bozorov va Igor Li tomonidan kiritilgan gollar evaziga poytaxtliklar bir to'p farqi bilan g'alaba qozondilar.

FINAL

Toshkent - Qo'qon 2:1 (0:1)

Gollar: Alisher Bozorov (40), Igor Li (52) - Umid Quvvatov (15)

Hakamlar: Olimjon Tolibjonov, Ruslan Serazetdinov, Olimjon Abduvosilov, Jasur Muxtorov.

Toshkent: Rovshan Rajabov, Ulug'bek Ro'ziqulov, Alisher Bozorov, Aleksandr Xvostunov, Igor Li, Sergey Lushan, Avgustin CHirica, Abdumajit Toirov, Anatoliy Xutin, Adham Yusupov, Said Tursunov.

Zaxiradan tushganlar: Ahmad Inoyatov, Samat Narziqulov, Hamza Karimov, Xondamir Abduraxmonov, Aleksey Kirin, Maxmud Sobirov.

Qo'qon: Farhod Musajonov, Jamol Tojiboev, Mamur Mansurov, Raxmat Jo'raev, Samandar Meliboev, Axror Niyozov, Akmal Ortiqov, Bahodir Abdullaev, Muxriddin Abduvaliev, Umid Quvvatov, Said SHokirov.

Zaxiradan tushganlar: No'mon Husanboev Ibrohim Mamadiev, G'ayrat SHaripov, Zohid Nurmatov, Kamol Aminov, Ali Toshmatov, Baxrom Azimov.




Farhod Nurillaevga Vladimir SHtern kubokni topshiryapti


Vilgelm Qahhorov esa qashqadaryoliklar uchun atalgan uchinchi o'rin kubogini topshiryati


Qo'qon faxriysi Axror Niyozov esdalik sovg'alarini qabul qilib olyapti


Alisher Bozorovga chempionlik kubogini Narimon Jalolov topshiryapti


Toshkent terma jamoasi


Qo'qon terma jamoasi


Navoiy terma jamoasi


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика