Fati takroriy operaciya qilinishi mumkin
02 fev 2021 20:25
Yangiliklar
Fati takroriy operaciya qilinishi mumkin
“Barselona” forvardi Ansu Fati jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazganiga qaramay, tizzasi bilan bog'liq muammolarni his etmoqda.
AS manbasiga ko'ra, mashg'ulotlardagi yuklamalar ortgani sayin Fatining tizzasi shishib ketmoqda va u boshqa mashq qilolmayapti.
Noyabrda Ansuni operaciya qilgan jarroh bu vaziyatdan xabardor va yosh futbolchi bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi. Fati takroriy jarrohlik amaliyotini boshdan kechirish ehtimoli mavjud. 18 yoshli forvard qachon maydonga qaytishi esa nomalumligicha qolmoqda.
Ansu Fati joriy mavsum kataloniyaliklar libosida 10 o'yinda qatnashib, 5+4 natija ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar