Farrux Turdaliev: “Andijon” muxlislarini "Borussiya" muxlislariga o'xshatdim"
05 okt 2024 14:22
Yangiliklar
Farrux Turdaliev: “Andijon” muxlislarini "Borussiya" muxlislariga o'xshatdim"
SHu munosabat bilan bilan saytimiz xodimlari o'zbek futbolida faoliyat olib borayotgan taniqli mutaxassislardan bugungi final haqida fikr va mulohazalar olishmoqda. Jumladan, hozirda Farg'ona futbol akademiyasida ishlab kelayotgan taniqli sobiq darvozabon Farrux Turdalievning fikrlari etiboringizga havola etiladi.
“Bugungi final katta bosim ostida o'tishiga shubha yo'q” - deya so'z boshladi Farrux Turdaliev. Buni har ikki jamoa vakillari birdek tushunib, his qilib turishibdi. Tayyorgarlik jarayonlarini ham ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borayapmiz, barchasi alo darajada.
Bilasizmi, nafaqat futbolchilar, balki hozir o'zlarining faolliklari bilan har ikki jamoa muxlislari alohida ajralib turishibdi. Ushbu mavsumda ayniqsa “Andijon” muxlislari barchani hayron qoldirmoqda. SHaxsan o'zim ularni “Borussiya D” fanatlariga qiyosladim. SHiddatli final bo'ladi. Bunday darajadagi muxlislar maydondagi futbolchilarning faolligini ikki karra oshirib yuboradi. Fikrimcha, bugungi finalda g'olib qo'shimcha bo'limlarda aniqlanadi” - deya so'zini yakunlandi taniqli sobiq darvozabon.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar