So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  2 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  93 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Farruh Sayfiev: "Mundialga borib, shunchaki qatnashish yo'q" Yangiliklar

Farruh Sayfiev: "Mundialga borib, shunchaki qatnashish yo'q"

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Farruh Sayfiev Qatarga qarshi bahsdan (3:0) so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- MTJning iyun oyidagi FIFA kunlari haqidagi fikringiz bilan bo'lishsangiz. Terma jamoa ilk marotaba mundialga chiqdi...

- Butun xalqimizni bizga armon bo'lib kelgan Jahon chempionatiga chiqishimiz bilan tabriklayman. Bunga osonlikcha erishilmaydi. Biz to'rt yil davomida katta mehnat qildik. Rahbariyatimiz va yurtboshimiz bizga barcha sharoitlarni yaratib berdi. Shu sababli, biz shunday darajaga etib keldik, nazarimda. Biz bunga munosib edik. Har bir o'yin va har bir mashg'ulot orqali bunga etib keldik. Endi to'xtab qolish yo'q. Mundialga borib, shunchaki qatnashish yo'q. Jahon chempionatida ham maksimal o'yin namoyish etishga harakat qilamiz.

- 2021 yildan so'ng MTJ Srechko Katanecga topshirildi. Oradan to'rt yil vaqti o'tdi. Ushbu mundial yo'llanmasiga qadar bosib o'tilgan yo'ldagi quvonchli yoki qiyinchiliklar haqida gapirib o'tsangiz?

- Terma jamoa Katanec bo'ladimi yoki Timur aka, hamma bir xil mehnat qildi. Bu ciklning har bir o'yini qiyin kechdi. Hozirgi kunda futbol shunday bo'lib qoldi. Kuchli ishtiyoq bo'lmasa, g'alaba qozonish qiyin. Masalan, KXDRga qarshi o'yinlar. Ko'pchilik KXDRni oson raqib deb o'ylagan edi. Zamonaviy futbolda "nastroy" bo'lmasa yutish qiyin.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика