So’nggi yangiliklar

01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  0 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47

Farruh SHotursunov: "Birinchi bo'limni 3 bahoga loyiq o'tkazdik" Yangiliklar

Farruh SHotursunov: "Birinchi bo'limni 3 bahoga loyiq o'tkazdik"

O'zbekiston Pro-ligasining 19-turi doirasida "Iftixor" (5:1) jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Nurafshon" yarim himoyachisi Farruh SHotursunov o'z fikrlarini bildirdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda yigitlar bilan qovusha olmadikmi yoki issiq xalaqit qildimi bilmadim. Biroq juda qiynaldik. Tanaffusda yigitlar bilan ikkinchi bo'lim xususida gaplashib oldik va keyinchalik barchasi yaxshi tomonga o'zgardi. Birinchi bo'limni 3 bahoga loyiq o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda esa o'yinimiz ochilib ketdi va ketma ket gollar urishni uddaladik.

Pro-liganing saviyasi oshmoqda. Bu keyinchalik ham davom etsa kerak. O'zbek futbolidagi o'zgarishlar tufayli Pro-liga ham anchagina kuchaydi deb hisoblayman.

Yangi futbolchilar jamoaga tezda ko'nikib keta oladi. CHunki bu erdagi yigitlar o'zaro ahil. Yangilarni akasi yoki ukasidek qabul qiladi.

Uzoq vaqt o'yinga tushmagandan keyin birdaniga bahsga qaytsa, har qanday futbolchiga qiyin bo'ladi. Ha, o'rtada diskvalifikaciya sababli bir necha turlarda qatnashmadim. Ammo, mashg'ulotlar tufayli o'z jismoniy holatimni ushlab tura oldim", - dedi futbolchi.

"Nurafshon" - "Iftixor" uchrashuvida Farruh SHotursunov dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика