Farruh Sayfiev: "Bugungi uch ochko bizni mundialga yanada yaqinlashtirdi"
21 mar 02:04
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Bugungi uch ochko bizni mundialga yanada yaqinlashtirdi"
"Yaxshi o'yin va juda ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. Eng muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bugungi uch ochko bizni Jahon chempionatiga yanada yaqinlashtirdi" - deya fikr bildirdi Farruh Sayfiev bugungi bahs haqida.
- Bugungi o'yin kutilganidek qiyinroq kechgandek tuyuldi...
- Bugungi o'yinimiz qiyin o'tmadi. Vaziyatlardan foydalanishimiz kerak edi, shu masalada oqsadik. Xatolarimizni to'g'rilaymiz.
- Muxlislar ko'proq gol kutishgandi va terma jamoamiz bir taym davomida raqibdan ko'proq bo'lib o'ynadi... Bunday ehtiyotkor o'yin murabbiyning ko'rsatmasi bilan bog'liq edimi?
- Hozirgi vaziyatda eng muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi. Endi esa keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
- Zaxiraga olinganingiz jarohat tufayli ro'y berdimi?
- Birinchi bo'limdan so'ng oyog'im biroz og'ridi. Endi ertaga tibbiy ko'rikdan o'taman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar