So’nggi yangiliklar

16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  15

Farruh Zokirov: "O'yin final kabi o'tdi va SHoyimovaning benefisiga aylandi" Yangiliklar

Farruh Zokirov: "O'yin final kabi o'tdi va SHoyimovaning benefisiga aylandi"

Futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi kecha Osiyo kubogiga saralash bosqichi doirasida Turkmaniston bilan bellashdi.

Gollarga boy o'tgan o'yinda vakillarimiz raqiblarini 6:2 hisobida taslim qildi va musobaqaning final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz ustozi Farruh Zokirov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"O'yin final kabi o'tdi, chunki bizga g'alaba zarur edi. Qizlarimiz buni tushunib turgan holda o'yinga chiqishdi. Ko'rdingiz o'yin SHoyimovaning benefisiga aylanib ketdi. Ular g'alabani ko'proq istashdi. Filipinning mag'lubiyati bizni to'plar nisbatida katta farq bilan yutishimizga undadi. Buni uddalaganimizdan xursandmiz. Ikkinchi o'rin bilan Osiyo kubogiga yo'llanma oldik. 

Turkmanistonda ham imkoniyat bor edi. SHu bois bor kuchlari bilan o'ynashlari aniq edi. Vaziyatlardan foydalana olmaslik futbolda ham bor. Buning ustida doimiy ishlash kerak. Avvalgi uchrashuvlarda mazkur omil pand bergandi. Turkmaniston bilan vaziyatlardan foydalandik. 

Saralashdagi jamoalarimizni bilganimizda Avstraliya, Filippinni o'zimiz uchun asosiy raqib sifatida belgilab olgan edik. Ular bilan o'yinlar qiyin bo'ldi. Bazi bir qizlarimiz futboldan chiqib futzalga kirgani uchun tayyorgarlikka vaqtimiz biroz qisqa bo'ldi. Umumiy olib qaraganda Osiyo kubogigacha vaqt bor va yaxshi tayyorgarlik olib borishga harakat qilamiz",- deydi Farruh Zokirov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика