Farruh Sayfiev: "SHomurodovning o'rni bilindi"
14 jan 2024 10:35
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "SHomurodovning o'rni bilindi"
- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz. Suriyaga qarshi 2 ochko yo'qotdikmi yoki 1 ochko qo'lga kiritdik?
- Bugun 2 ochko yo'qotdik. Hozirgi kunda hamma futbol o'ynashni biladi va hech kimni osonlikcha mag'lub eta olmaysiz.
- O'yindan keyin kiyinish xonasida atmosfera qanday edi?
- Atmosfera normal edi, har doimgidek. Hali hech narsa yo'qotganimiz yo'q. Suriyaga qarshi uchrashuv tarixda qoldi. Ertaga Hindistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.
- Terma jamoamizning o'yinida qanday kamchiliklarni payqadingiz.
- Bugun SHomurodovning o'rni bilindi. Biroq bu futbol va siz ertaga nima bo'lishini bilmaysiz. Kamchiliklar har doim bo'ladi. Qanday kamchiliklar bo'lsa bosh murabbiyimiz bizga aytadi.
- Keyingi uchrashuvlardagi raqib Hindiston va Avstraliya haqida nimalar deya olasiz?
- Endi bor etiborimizni Hindistonga qarshi kechadigan uchrashuvga qaratamiz va maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar