Farruh Ibrohimov: "Ikkinchi davrada jamoamiz o'yin tomonlama o'sishga erishdi"
01 okt 2022 12:32
Yangiliklar
Farruh Ibrohimov: "Ikkinchi davrada jamoamiz o'yin tomonlama o'sishga erishdi"
Jumladan, Superliganing 20-turida bekobodliklar safarda "Qizilqum"ga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu o'yindan keyin "Metallurg" futbolchisi Farruh Ibrohimov fikrlariga quloq tutdik.
- Farruh, dastlab "Qizilqum" bilan o'yin haqida fikrlaringiz bilan bo'lishsngiz...
- Navoiyda juda qiyin bahs o'tishini oldindan bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishga harakat qildik. Jamoamiz bilan g'alaba qozonishni astoydil istadik va yakunda muvaffaqiyat qozondik.

- "Metallurg" ikkinchi davraga kelib o'z o'yinini topib olgandek....
- Darhaqiqat, biz birinchi davraga qaraganda ancha sifatli barqaror va hujumkor o'yin ko'rsatmoqdamiz. O'yin jihatidan o'sishga erishdik.
- Jamoa mavsumni qaysi o'rinda tugatishni maqsad qilgan?
- Xudo xohlasa, kuchli oltilikka kirish va muxlislarni chiroyli o'yinlarimiz bilan yanada xursand qilish.
- Ayting-chi, joriy mavsumdagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Joriy mavsum boshidan beri bosh murabbiyi menga ishonch bildirib, o'yin amaliyoti bermoqda. Futbolchi sifatida bu mavsum o'sishga erishdim. SHu o'rinda menga ishonch bildirayotgan bosh murabbiyga minnatdorchilik bildiraman.
- Umuman olganda, bosh murabbiyning talablarini tushunishda muammo bo'lmayaptimi?
- Bilasizmi, jamoamiz bosh murabbiyi ko'proq hujumkor o'yin talab qilmoqda. Qolaversa, ko'rsatmalarni tushunib olish qiyin bo'layotgani yo'q.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar