Rasman: Ibrohim Yo'ldoshev - "Andijon" futbolchisi!
04 dek 23:28
Yangiliklar
Rasman: Ibrohim Yo'ldoshev - "Andijon" futbolchisi!
"Andijon" matbuot xizmati Ibrohim Yo'ldoshevning OKMKdan transfer qilinganini tasdiqladi.
"2025 yilgi mavsumni “Lokomotiv”da boshlab OKMKda yakunlagan futbolchi kelasi yili “Andijon” safida o'ynaydi.
Malumot uchun, 1999 yilning 5 iyun kuni Toshkentda dunyoga kelgan. 26 yoshli futbolchi “Paxtakor”, “Metallurg”, “Surxon”, “Dinamo”, “Navbahor”, “Lokomotiv” hamda OKMKda to'p surgan.
Bu yil Yo'ldoshev 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Qolaversa, o'z vaqtida O'zbekiston U19, U21 va U23 terma jamoalarida to'p surgan.
Ibrohim, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deb yoziladi klub bayonotida.
Klub yaqin vaqtlarda Humoyunmirzo Iminovning tarkibga jalb qilinganini ham yozib o'tishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Эшитдик-да! "Навбаҳор" тез орада янги мураббийни таништиради
Fikrlar