So’nggi yangiliklar

18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  4 18:40Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" "Ал Иттиҳод" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   0 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 18:15Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  5 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0

“Farovon” klubi futbol maktabiga qabul boshlandi Yangiliklar

“Farovon” klubi futbol maktabiga qabul boshlandi

O'tgan yili Marg'ilon shahrida tashkil topgan yangi “Farovon” futbol klubi jadallik bilan rivojlanib bormoqda.

Ayni paytda jamoa Farg'ona viloyati 2-liga bahslarida ishtirok etib kelyapti. Yosh klub o'z oldiga O'zbekiston CHempionati Birinchi ligasiga chiqishdek jiddiy vazifasini qo'ygan. Jamoa safini ayni paytda marg'ilonlik yosh futbolchilar tashkil qiladi. Marg'ilon shahri sharafini himoya qiluvchi klub tashkil etilganiga ko'p vaqt o'tmasdan, jamoa o'zining yangi futbol maktabini ishga tushirishga ham muvaffaq bo'ldi. Ko'zlangan asosiy maqsad, futbol sport turini yanada ommalashtirish, viloyatdagi istedodli yosh futbolchilarni katta futbolga kirib borishlarida to'g'ri yo'naltirishdan iboratdir.


Dilmurod Jamoliddinov rahbarligidagi  futbol maktabiga 1-sinfdan 7-sinfga qadar bo'lgan bolalar qabul qilinadi. Qabul jarayoni boshlangan. Maktabga qabul qilingan futbolchilar klubning maxsus ekipirovkalari bilan taminlanishi ham aytib o'tish mumkin. Ayni paytda 7 ta yangi guruh tashkil qilindi. O'z farzandlarini Marg'ilondagi mazkur futbol maktabiga azo bo'lishini istagan ota-onalar klub mutasaddilari bilan aloqaga chiqishlari mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:
+ 998 91 325 18 60
+ 998 93 640 82 58
+ 998 94 134 0202


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика