So’nggi yangiliklar

18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  9 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4

Farhod Nishonov: "Vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlaydigan futbolchilar etishmayapti" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlaydigan futbolchilar etishmayapti"

Pro-liganing 17-turidan o'rin olgan "Olimpik MobiUz” - “Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Mashal" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman va navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman. Jamoa Superligaga qaytsa, bundan faqat xursand bo'lamiz. Tan olish kerak, bizning hozir Pro-ligaga kuchimiz etmayapti. Tajriba kerak, tarkibimiz yosh futbolchilardan iborat. Vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlaydigan futbolchilar etishmovchiligi bor. Bular ham asta-sekin bo'ladi. Pro-liga bizga katta tajriba bo'layapti. O'yindan-o'yinga o'sib borayapmiz, bu yaqqol ko'rinib turibdi. Yigitlarga raxmat aytaman, bizning loyihamiz rejasi 4 yillik maqsadga asoslangan. Bugun har qanday raqib bilan kurasha olishimizni ko'rsata oldik deb o'ylayman.

- Jamoangiz ko'p vaziyatlar yaratmoqda. Lekin foydalanish darajasi yuqori emas. Bu borada qanday ishlar amalga oshirilayapti?

- Bu faqat bizda emas, butun o'zbek futbolidagi muammo. Mashg'ulotlarda ushbu kamchilik ustida ishlayapmiz. Vaqt o'tib natijasini beradi albatta. Yigitlarda ruhiyat bilan bog'liq ishonch shakllanishi kerak. Vaziyatlarni tahlil qilib, xatolar ustida ishlaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика