So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  5 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  345 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  3 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Farhod Nishonov: "Osiyo Kubogi saralashi bo'yicha malumot yo'qligi bizni qiyin ahvolga solmoqda" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Osiyo Kubogi saralashi bo'yicha malumot yo'qligi bizni qiyin ahvolga solmoqda"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi.

Bugun termamizning mashg'ulotidan keyin jamoa ustozi Farhod Nishonovdan kichik intervyu olishga muvaffaq bo'ldik.

"Jamoa kecha yig'inni boshladi. 1 iyun sanasida esa terma jamoa delegaciyasi Xitoyga uchib ketadi. FIFA kunlari 3 iyundan boshlanishi sababli qator futbolchilarimiz "Paxtakor", "Bunyodkor" kabi klublarda asosiy tarkibda o'ynashmoqda, bu quvonarli holat. Ana shu yigitlar klublaridagi o'yinlarni o'tkazib, termaga Xitoyda qo'shilishadi. 

Dastlab koreyslar bilan o'ynaymiz. Bu terma jamoa Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo'lib kelgan va ortiqcha gapga o'rin yo'qdek. SHuningdek, Xitoy va Vetnam bilan ham kuch sinashamiz. Vetnam futboli shu qadar tez rivojlanmoqdaki, biz ularga qarshi bahsga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz. 

Albatta, biz oldimizga har doim yuqori maqsad qo'yamiz va har bir musobaqada birinchi o'rinni egallashga harakat qilamiz. Hozircha vazifalarni yaxshi uddalayapmiz.

Osiyo Kubogiga saralash qachon va qaerda bo'lishi hali aniq emas, kim qaysi savatchada bo'ladi, kimlar raqib bo'ladi — hozircha bilmaymiz. SHu sababli juda ham qiynalyapmiz. Faqatgina  sentyabr oyida bo'lishi haqida malumot bor. Sentyabrgacha ham oz vaqt qoldi. Agarda yangilik bo'lsa, shunga qarab tayyorgarlik ko'rardik. 

Xitoydagi musobaqadan keyin ham yig'in rejalashtirganmiz. Navbatdagi FIFA kunlari sentyabr oyida, ammo saralash o'yinlarimiz bu oyda emas. PRO-Liga o'yinlari, "CAFA musobaqasi" bor, lekin u ham FIFA kuniga to'g'ri kelmaydi. SHuning uchun klublarimiz etakchi futbolchilarimizni qo'yib yubormasligi mumkin. Natijada, asosiy futbolchilarsiz o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishimizga to'g'ri kelmoqda — bu juda ham katta muammo bo'lmoqda.     

Tarkibdagi futbolchilarimiz, ularning salohiyatidan kelib chiqib, biz bundanda chiroyliroq o'yin namoyish qila olamiz, bunga vada beraman".


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика