So’nggi yangiliklar

16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  0 16:32U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  18 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  2 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  1 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  20 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  14 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  6 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  34

Farhod Nishonov: "Do'stlik"ga har tomonlama yutqazdik" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Do'stlik"ga har tomonlama yutqazdik"

Pro liganing 9-turidan o'rin olgan "Olimpik Mobiuz" - "Do'stlik" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlarini bildirdi.


"Do'stlik"ni mavsumdagi ilk g'alabasi bilan tabriklayman. Ular g'alabaga haqliroq edi. Avvalgi o'yinlarda ham sifatli futbol ko'rsatayotgandi. O'yinga kelsak, qaysidir joyda yaxshi harakat qildik. Umuman olganda barqarorlik etishmayapti. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Farhod Nishonov. 

- Ikkinchi bo'limda jamoa o'yinni kuchaytirdi. Lekin oxirigacha shu tempni saqlab qola olmadi. Buning sababi nima deb o'ylaysiz?

- Zaxiradan tushganlar o'yinni o'zgartira oldi. Ayrim pallalarda barqarorlik yo'qligi pand bermoqda. Bu yosh bilan bog'liqmi yoki boshqa sababmi bilmayapmiz. "Do'stlik"ning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqib futbolchilarni imkon qadar maksimal ruhiy tomonlama tayyorlashga harakat qildik. Nazariy mashg'ulotlarda raqibni o'rgandik. "Mashal", "Qo'qon-1912" bilan o'yinlarda "Do'stlik" g'alaba qozonishi kerak edi. Faqat yakunlovchi zarbalar etishmayotgandi. Ular bor kuchini ko'rsatdi. Biz har tomonlama "Do'stlik"ka yutqazdik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика