So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  7 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  351 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  4 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Farhod Nishonov: "Biz 9 ochkoni mo'ljallagandik" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Biz 9 ochkoni mo'ljallagandik"

O'zbekiston Kubogining 2-turi doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Olimpik Mobiuz" jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov fikrlarini bildirdi.

- Bugun o'z o'yinimizni ko'rsata olmadik, bunga "Lokomotiv"ning bosimi sabab bo'ldi. Baribir "Lokomotiv" - katta klub, tarkibida nomdor, tajribali futbolchilar bor. Ushbu futbolchilarning bosimi tasir qildi deb o'ylayman. SHu sababli o'yin chiqmadi. Durang biz uchun yaxshi natija desam ham bo'ladi. Ular bizdan har tomonlama yaxshi o'yin namoyish qilishdi.

- Bugun ikkala jamoa tarkibida chetlatishlar bo'ldi. Bu haqida qanday fikrdasiz?

- Ikkala holatda ham hakam to'g'ri qaror chiqardi deb o'ylayman. O'z jamoamni aytadigan bo'lsam, futbolchim yo'q joydan qizil kartochka oldi. Bu keyinchalik asosiy musobaqalarda pand berishi mumkin. Bu bilan shuhullanamiz, barchasini tushuntiramiz. Keraksiz vaziyatda u jamoani qiyin holatga tushirib qo'ydi. Balki qizil kartochka bo'lmaganda, yutib ketishimiz mumkin edi.

- Jamoa oldiga kubokda qandaydir vazifa qo'yilganmi?

- Jamoamizda kubokda ham, umuman barcha o'yinlarda g'alaba uchun o'ynash vazifasi bor. Biz g'alabalar orqali Superligaga yo'llanma olmoqchimiz va kubokda ham uzoqroqqa bormoqchimiz.

- "Olimpik Mobiuz" Superligadagi "Olimpik"ning farm-klubimi?

- Yo'q, biz alohida jamoamiz. Lekin biz 2028 yilgi Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rayapmiz. Albatta, "Olimpik"ning ham bizga aloqasi bor. Ular bu bosqichga tayyorgarlik borayotgan bo'lsa, biz keyingisiga. 2028 yilga kelib, ushbu futbolchilar 22, 23 yoshga kirgan bo'lishadi. "Olimpik Mobiuz" va "Olimpik" loyihasi bitta. 

- O'tgan tur jamoa "Qizilqum" bilan o'ynadi, bugun esa "Lokomotiv". Bular Superliganing nomdor jamoalaridan. Ulardan 4 ochko olindi. Bu haqida fikringiz.

- Biz 9 ochkoni mo'ljallagandik, biroq 4 ochko ham yomon emas. Lekin hali keyingi bosqichga chiqqanimiz yo'q. Barcha jamoalarda imkoniyatlar etarlicha. Keyingi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика