Farhod Mirahmatov: "Hayajon va bosim bo'ldi"
05 mar 2017 22:05
Yangiliklar
Farhod Mirahmatov: "Hayajon va bosim bo'ldi"
Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Obod" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar himoyachisi Farhod Mirahmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Birinchi o'yin, qolaversa safarda to'p surganimiz bois, barchamizda biroz hayajon va bosim bo'ldi. SHuning uchun birinchi bo'limda o'zimiz xohlagan o'yinni namoyish qila olmadik. Tanaffusdan keyin o'zimizga kelganimizda vaziyatni o'nglab, durangga erishimiz uchun bizga vaqt etishmadi. Vaholanki, kechagi bellashuv durangga loyiq edi. Raqib haqida nima deyishim mumkin? Mezbonlar uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi. Maydonda katta ishtiyoq bilan to'p surishdi. Ammo biz ularga etarlicha qarshilik ko'rsatdik, deya olaman. Faqatgina havodagi kurashlarda yutqazdik.
"Obod" FK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar