Farhod Mahammadjonov: "90 daqiqalik o'yinda charchamadik"
06 sen 2018 11:46
Yangiliklar
Farhod Mahammadjonov: "90 daqiqalik o'yinda charchamadik"
Pro-liga 24-turidan o'rin olgan “Iftixor”-“Lokomotiv-BFK” (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Farhod Mahammadjonov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.
Bugun juda qiyin uchrashuv o'tkazdik. Avvalambor barcha jamoamiz azolarini, murabbiylarimizni, umuman jamoamizga aloqador barchani bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Oldingi turlarda ketma-ket mag'lubiyatga uchrayotgandik, nihoyat bugun g'alab qozondik. Qiyin uchrashuv o'tkazgan bo'lsakda, charchoq his qilmayapmiz. Negaki g'alaba har doim hammani xursand qiladi.
Bugungi qo'lga kiritilgan g'alabada murabbiylarimiz tomonidan o'yin uchun tanlangan taktika ish berdi, ularga rahmat aytaman. Jamoadoshlarimga, o'yinni boshqarib borgan hakamlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bugun uchrashuv hakamlari o'yinni alo darajada boshqarishdi. Hammaga yana bir bor rahmat!
Bekzod Tolibov yozib oldi.
Fikrlar