So’nggi yangiliklar

19:55Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  12 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  5 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Farhod Bekmurotov: “Aleksandr Xomyakovning davriga kelib taktik jihatdan shakllana oldik” Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: “Aleksandr Xomyakovning davriga kelib taktik jihatdan shakllana oldik”

Teglar :  Farhod Bekmurotov
“Andijon” jamoasi uchun mavsum starti omadsiz boshlandi. Taqvim ular uchun biroz noqulay kelganini aytish joiz.

Dastlab “Lokomotiv” va “Nasaf” maydoniga safar qilingan bo'lsa, uchinchi turga kelibgina o'z maydonida “Navbahor”ni qabul qildi. Mana shu uchrashuvlarda “burgutlar” qoniqarsiz natijalar qayd etishdi. Yakunda bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov istefoga chiqdi. Biz bu borada bir necha yildan beri jamoada harakat qilib kelayotgan iqtidorli futbolchi Farhod Bekmurodovning fikrlari bilan qiziqdik.

“O'yin tomonidan uchta turda ham muxlislarga ham manzur keldik. 2014 yildan beri shu jamoada o'ynayotgan bo'lsam bunchalik sifatli futbol ko'rsatganimizni oldin eslay olmayman.

Safarda kuchli jamoalarga munosib kurash taqdim qildik. Ushbu bahslarda g'alaba qozonmagan bo'lsakda maydondan ko'pchilikning olqishi ostida chiqib ketdik. Xomyakovning ketishi nimaga bog'liq? Taktik jihatdan mazkur mutaxassis davriga kelib ancha shakllandik. Lekin, chiroyli o'yin natijma bermaydi.

Barcha javobgarlikni bo'yniga oldi va mardlarcha ish tutdi. Bu uning qarori, murabbiy qarorini hurmat qilishimiz kerak. Bundan buyon endi Superliga davom ettirilsa ishqibozlarimizni, rahbarlarimizni xursand qilish uchun o'ynaymiz. Aleksandr Andreevich mashg'ulotlarda ko'proq taktikaga urg'u berardi, o'rgatgan narsalarini talab qilardi. Karantinda hamma qatori oilam davrasida va murabbiylarning ko'rsatmalarini bajarib, individual tarzda mashqlarni bajarmoqdaman.

Faoliyatim davomida poytaxt grandi “Lokomotiv” jamoasida o'ynash baxti nasib qildi. Tan olaman raqobatda yutqazdim. Menga imkoniyat bergan Andrey Fyodorovga rahmat aytib qolaman. O'zimga yarasha tajriba to'pladim.

Jamoaga kelgan legionerlar bilan chiqishib ketdik. Ibe Mishel yaxshi taassurot qoldirdi. SHuningdek, Emmanuel ham chakki emas. Zozulya va Litvyakov birinchi turlardan boshlab yordam berishga intildi. Fursatdan foydalanib barchani birlashishga va hamjihatlikka chaqirib qolaman. Birgalikda koronavirusni engamiz”,- dedi Bekmurotov.



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика