So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  20 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  89 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Farhod Bekmurodov: “Andijon”ni oliy ligada qolishiga ko'pchilik ishonmagandi” Yangiliklar

Farhod Bekmurodov: “Andijon”ni oliy ligada qolishiga ko'pchilik ishonmagandi”

Oliy liganing 29-turidan so'ng “Andijon” jamoasining rasman elitada qolishi aniq bo'ldi.

“Burgutlar” kecha o'z maydonida “Dinamo”ni qabul qilib 1:1 hisobida durang qayd etdi. Mezbonlarning goliga mualliflik qilgan Farhod Bekmurodov uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Darvoqe, mazkur futbolchi bu yil 21 yoshga to'ldi. Joriy mavsum oliy ligada debyutini nishonladi.

- O'yin haqida nima deyish mumkin. Garchi bugun g'alaba qozona olmagan bo'lsakda, asosiysi o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddaladik. Bundan juda xursandmiz. Ochig'i, ko'pchilik “Andijon”ning oliy ligada qolishiga ishonmagandi. Ammo biz maqsad sari astoydil kurashdik.


- Taqdirni qarangki, birinchi davrada aynan samarqandliklarga qarshi kechgan bahsda oliy ligadagi debyutimni o'tkazgandim. Elitadagi ilk golimni ham aynan “Dinamo” jamoasiga kiritdim.

- Zaxiradan maydonga tushayotganimda murabbiylar o'ng qanot yarim himoyasida xarakat qilishimni aytdi. Bungacha maydon markazida o'ynab kelganim uchunmi yoki boshqa sababmi boshida o'yinga kirishib ketishim qiyinroq kechdi. Ammo keyinchalik markazroqqa o'tib o'ynadim. Golimga kelsak, Anvar aka Berdiev havodagi kurashda to'pni menga yutib berdi va bundan unumli foydalanib qoldim.

- Endi kelgusi mavsumdan umidim katta. Asosiy tarkibga kirish uchun bor kuchim bilan xarakat qilaman va bu orqali olimpiya terma jamoasidan ham taklif olishga intilaman.


Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика