So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  1 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  1 00:34ЎФА собиқ терма жамоалар бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  1 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  2 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  91 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Farhod Abdumavlonov: "Standart vaziyatlar bizning asosiy qurolimiz" Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: "Standart vaziyatlar bizning asosiy qurolimiz"

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi kuni kecha Tojikiston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Ilk o'yinda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Ikkinchi bahsda esa vakillarimiz 11:2 hisobida zafar quchishdi. Biz ikkinchi o'yinda 4ta gol urgan Farhod Abdumavlonov bilan suhbatlashdik.

-  Bugungi o'yin haqida o'z fikrlaringizni bildirsangiz?
-  Tojikistonga qarshi ikkinchi uchrashuvni o'tkazdik, birinchi bahsda (1:1) jangovar durang qayd etdik. Ilk uchrashuvda ustunlik biz tomonda bo'lgan bo'lsada ko'p vaziyatlardan foydalana ololmadik. Bugun esa 11:2 hisobida zafar quchdik. Kechagi urilmagan gollarni bugun raqib darvozasiga joylab qo'ydik. Murabbiyimizning barcha aytgan gaplarini so'ssiz bajardik. Oldinda Vetnam terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi turipti. Bugungi bahsdagi xatolarimiz ustida ishlab Vetnam terma jamoasiga qarshi bundanda yaxshi o'ynashga harakat qilamiz. Osiyo chempionatigacha yuqori darajada etib borishimizga ishonaman.

-  Tojikiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
-  Tojikiston terma jamoasi barcha MDH davlatlari kabi o'ynaydi. Tojikiston va Qirg'iziston terma jamoasining o'yin uslubi bir-biriga o'xshash bo'lgani uchun mana shu ikkita o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. 


-  Tayyorgarlik jarayonida nimalarga ko'proq etibor qaratyapsizlar?
-  Asosan jismoniy holatimiz va standart vaziyatlardan to'g'ri foydalanish borasida ko'proq ishlayapmiz.   

-  Birinchi o'yinimizni Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'tkazamiz. Ushbu terma jamoa haqida biron bir malumotga egamisizlar?

-  Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi birinchi o'yinimizni o'tkazishni kutmagandik, chunki Quvayt terma jamoasini OFK chempionatdan chiqarib tashlagan.  SHuning uchun Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaymiz. Bu terma jamoa haqida bizda hozircha malumotlar yo'q, balki murabbiylarimizda malumotlar bordir lekin bizga aytishmadi. Buni o'yindan bir kun oldin aytishadi.

- Dilshod Irsaliev bilan suhbatlashganimda jamoadoshingizning aytishicha Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini Saudiya Arabistoniga qarshi tayyorgarlik vazifasini o'tab berar ekan.
-  To'g'ri aytipti Saudiya Arabistoni terma jamoasining o'yin uslubi Iordaniya termasining o'yin uslubiga o'xshash, sababi arab davlatlarining o'yin uslublari bir xil bo'ladi deb o'ylayman. Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi birinchi bahsga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.  

-  Qura biz uchun omadli kelganmi?
-  Biz uchun omadli keldi deb o'ylayman, chunki tanish bo'lgan terma jamoalar bizning guruhimizga tushgan.
   
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика