So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  104 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  40 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Farg'ona viloyati hokimi Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida olib borilayotgan rekonstrukciya ishlari bilan tanishdi Yangiliklar

Farg'ona viloyati hokimi Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida olib borilayotgan rekonstrukciya ishlari bilan tanishdi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Yaypandagi “O'zbekiston” o'yingohida olib borilayotgan rekonstrukciya ishlari bilan tanishdi.

2021 yilgi mavsumda ilk bor O'zbekiston chempionati Superligasida ishtirok etadigan “Turon” futbol klubining uy o'yingohi, FIFA standartlariga mos arenaga aylanmoqda.

PFL bayrog'i ostida o'tkaziladigan Superliga uchrashuvlari bo'lib o'tadigan o'yingohlar uchun belgilangan talablarga muvofiq olib borilayotgan qurilish-tamirlash ishlari yangi mavsum boshlanishiga qadar yakunlanishi ko'zda tutilgan.

“Turon” futbol klubi rahbari Abduvahob Ahmadaliev viloyat hokimini o'yingohda olib borilayotgan ishlar, shuningdek klub qoshida tashkil etilayotgan akademiya hamda yangi qad rostlayotgan  jamoa qarorgohining qurilish jarayon bilan tanishtirdi. 

Rejaga muvofiq, o'yingohda 4x8 m o'lchamda ulkan “UZLED” elektron monitori hamda yorug'lik darajasi 2000 lyuks bo'lgan “Philips” svetodiod yoritish tizimi o'rnatish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimi o'yingohda qo'shimcha 5000 o'rinli tribuna barpo etish bo'yicha belgilangan loyihani amalga oshirish uchun mablag' ajratib berilishini malum qildi va qurilish ishlarini jadallashtirish bo'yicha ko'rsatmalar berdi. 

Xayrullo Bozorov, jamoaning 2021 yilgi mavsumda Superligada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика