So’nggi yangiliklar

20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК (матнли трансляция)  15 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  17 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  3

"Farg'ona viloyati Hokim kubogi-2017". “Qo'qon-1912-1” yarim finalga chiqdi Yangiliklar

"Farg'ona viloyati Hokim kubogi-2017". “Qo'qon-1912-1” yarim finalga chiqdi

Teglar :  Qo'qon-1912Mashal
Bugun "Farg'ona viloyati Hokim kubogi-2017" doirasida “Qo'qon-1912-1” - "Mashal-1" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv muborakliklarning hujumlari bilan boshlandi. Ammo dastlabki hujum besamar yakun topdi. 9-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldik. Burchakdan oshirilgan to'pni Darko Gojkovich boshi bilan muborakliklar darvozasiga aniq yo'lladi - 1:0. 

13-daqiqada vakillarimizda yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi. Jamshid Hasanov imkoniyatdan foydalana olmadi. 24-daqiqada muborakliklar himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Bosh hakam penalti belgiladi. O'n bir mertli nuqtadan Suhrob Berdiev zarba berdi. Uning birinchi zarbasi golga aylangandi. Ammo penalti tepilayotgan paytda qoida buzilgani bois gol hisobga olinmadi. Suhrobning qayta bergan zarbasi ham bexato chiqdi – 2:0.

Birinchi bo'lim tugashi arafasida Filip Rayevacni muborakliklar darvozaboni jarima maydonchasi ichida chalib yig'itdi. Bosh hakam yana penalti belgiladi. Penaltini esa serbiyalik hujumchining o'zi aniq amalga oshirib, hisobni yirik ko'rinishga olib keldi - 3:0.

Ikkinchi bo'lim jamoamiz uchun omadsiz boshlandi. 48-daqiqada himoyachilarimiz Zafar To'raevni jarima maydonchasi ichida qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi. Andijonlik referi yana penalti belgiladi. Muborakliklar sardori Zafar To'raev o'n bir mertli nuqtadan adashmadi – 3:1.

71-daqiqada Muhammadanas Hasanov jarima maydonchasiga qadar kirib borib, zarba berdi. Uning zarbasi kuchsiz chiqdi. 77-daqiqa muborakliklar hisobni qisqartirishdi. Zohir Qo'ziboev gol muallifi bo'ldi. 81-daqiqada Bahodir Pardaevning jarimadan tepgan to'pi darvoza to'siniga tegdi. 82-daqiqada Xolmuhammedovning jarimadan tepgan to'pini Nosirov katta qiyinchilik bilan bartaraf etdi. 85-daqiqada muborakliklar yana jarima maydonchalari ichida qo'pollik ishlatishdi. Bu safar jabrlanuvchi rolida Bahodir Pardaev. Aynan uning o'zi penaltini aniq amalga oshirdi. Bahodir penaltini italiyalik mashhur futbolchi Andrea Pirlo uslubida ijro etdi.

SHu tariqa raqibdan ustun kelgan “Qo'qon-1912-1” uchrashuvda g'alaba qozondi va guruhda birinchi o'rinni egallab yarim finalga yo'l oldi.



“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”
“B” guruhi
5-tur

“Qo'qon-1912-1” – “Mashal-1” 4:2 (3:0)
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Aziz Tolipov.
Gollar: Darko Gojkovich-9, Suhrob Berdiev-24 (pen), Filip Rayevac-44 (pen), Bahodir Pardaev -86 (pen) – Zafar To'raev-48 (pen), Zohir Qo'ziboev-77.

“Qo'qon-1912-1”: 13. Nikita Ribkin, 6. Bahodir Akramov, 7. Jamshid Hasanov (75. Ibrohim Rahimov-76),  8. Akmal Xolmurodov, 10. Javohir Sidiqov (23. Aleksandr Merzlyakov-54),  15. Oybek Rustamov, 24. Filip Rayevac (70. Sobir Hamidov-65), 25. Nikola Valentich,  29. Suhrob Berdiev (22. Murod Xolmuhammedov-54), 31. Darko Gojkovich (18. Bahodir Pardaev-53) , 33. Jalil Kimsanov (19. Muhammadanas Hasanov-62).
Zaxira: 30. Islom Abdullaev.

“Mashal-1”: 30. Botir Nosirov, 23. Sardor Rahmonov (33. Asilbek Begimqulov-26), 22. Sergey Kondratev, 8. Mirzakamol Kamolov, 19. Jamoliddin Ubaydullaev, 13. SHahzod SHaymanov, 17. Vladislav Pavlenko, 29. Abdullox Olimov, 90. Zafar To'raev, 98. Maksim Lipin (11. Maqsad Muhamedov-46), 7. Zohir Qo'ziboev.
Zaxira: 12. SHoxrux Eshbo'taev, 55. Avaz Agaliev, 6. Sardor Abduraimov, 27. Maradona Safarov, 9. Xumoyun Murtazoev.

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика