So’nggi yangiliklar

09:48Англия термасининг собиқ футболчиси ЖЧ учун Саудия Арабистонидан кетишни истамоқда  0 09:22"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 08:56"Барселона" президенти Мессининг қайтиши ҳақида фикр билдирди  8 08:31Чемпионшип вакили 3 миллиард евролик стадион қуради  2 07:59Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  6 07:45Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф" 1:0  0 07:29"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига қўшимча чипталар сотувга чиқарилади  15 00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  4 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  2 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2

FarDU yangi mavsumni Proligada o'tkazadi Yangiliklar

FarDU yangi mavsumni Proligada o'tkazadi

Teglar :  Proliga
Birinchi liga musobaqasidagi debyut mavsumida munosib ishtirok etgan Farg'ona davlat universitetining futbol jamoasi 2025-yilgi mavsumni Proligada o'tkazadi.

FarDU birinchilikning SHarqiy mintaqasini 2-o'rinda yakunlab, pley-off bosqichida o'ynash huquqini qo'lga kiritgandi. Toshkent mezbonlik qilgan pley-off o'yinlarida universitet jamoasi 3-o'rinni egalladi. 


O'tgan yilning dekabr oyida Liga mutaxassislari Farg'ona davlat universitetida bo'lib, uning futbol jamoasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda FarDUning Proligada ishtirok etishi uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozimligi yuzasidan universitet rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Dekabr oyi davomida universitet Liga tomonidan ilgari surilgan talablarni bosqichma-bosqich hal qildi. 


Xususan, klub 2025-yilgi mavsumni Istiqlol stadionida o'tkazish bo'yicha uch tomonlama shartnomani Liga ro'yxatidan o'tkazdi. Keyinchalik Proliga klublarining futbolchilar bilan mehnat shartnomasi imzolashi borasidagi O'FA tomonidan belgilangan talablarni bajarish yuzasidan kafolat taqdim etildi. SHuningdek, universitet talablaridan tuziladigan U19 jamoasi O'zbekiston U19 chempionatida ishtirok etadigan bo'ldi. 


Liga oliy talim muassasalarining professional futbolga bo'lgan intilish va etibori ortib borayotganini qadrlaydi va FarDU jamoasi 2025-yilgi mavsumni shartli ravishda Proligada o'tkazishini malum qiladi. Qo'shimchasiga, mazkur jamoaning keyingi yillar davomida licenziyalash talablari asosida faoliyat olib borishiga ko'maklashadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика