So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  8 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  70 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  112 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Futzaldan katta futbolga qadam qo'ygan 10 nafar istedod Yangiliklar

Futzaldan katta futbolga qadam qo'ygan 10 nafar istedod

19 yanvar kuni futzal bo'yicha Evropa chempionati start oldi, ushbu sport turi orqali ko'plab mashhur futbol yulduzlari voyaga etgan.

Quyida kichik maydonda ko'zni qamashtiruvchi istedodga ega futbolchilarning nomini keltirib o'tamiz.


Ronaldo

Bir qaraganda, bu ajablanarli tuyulishi mumkin, lekin bu haqiqat! Afsonaviy "so'yloq tish" futzalda qaysi poziciyada harakat qilgan deng, naq darvozada! U 8 yoshida golkiperlik mahoratini ishga sola boshlaganda, xayriyatki, murabbiylar tez orada bu bolakay to'pni qo'llari bilan emas, balki oyoqlari orqali mohirona o'ynata olishini tushunib etishdi. Va ular Ronaldoni hujum chizig'iga o'tkazishdi, shundan so'ng "golkiper" darhol to'rtta gol urdi va murabbiylarga ularning haqligini isbotladi. Oradan ikki yil o'tib, skaut Fernando Karvalyu uni "Sosial Ramos" tarkibiga jalb qildi, Ronaldo bir yil ichida naq 166 bor darvozabonlarning po'stagini qoqdi! Keyingi manzil "San-Kristovan", "Kruzeyro"dagi alangali o'yinlar, Evropa sari ravona bo'lish va serialning buyog'i barchaga malum.

"Futzal menga katta yordam berdi, chunki men odamga juda yaxshi va texnik tomonlama mukammal oyoqlar kerakligini, tor hududda qanday o'ynash hamda kichik darvozaga ham gol ura olish kerakligini angladim. Bu menga juda asqotdi".


Inesta

O'yinning g'ayrioddiy, o'ziga xos ko'rinishi to'pni oyoqqa moslashtirish, kichik maydonda ochila bilish qobiliyati sanaladi. Bularning barchasi o'z vatanidagi Fuentealbilya futzal maydonida o'yinning 40 daqiqasida raqibiga bir soniya ham nafas olishga izn bermaydigan Andres Inestaga xos xususiyatlardir. Ushbu fazilatlar Inestani Olimp cho'qqisiga olib chiqdi — uning "Barselona"si qo'lga kiritish mumkin bo'lgan barcha sovrinlar egasiga aylandi. 2013 yilda Inesta Nike reklama roligida chiqish qilgan va unda futzalga bo'lgan muhabbati haqida gapirgan:

"Hammasi shu erda, harakat qilish cheklangan joylarda boshlandi. Futzal katta darg'alarga yo'l ochadi. U erdagi tor hududda harakat qilish, hujumni rivojlantirishga yordam beradigan echim topish juda muhimdir. Ko'p o'ylab o'tirish muvaffaqiyatsizlikka sabab bo'ladi. U erda siz tinimsiz ravishda harakatlanishingiz, tavakkal qilishingiz va barchasini tezkor ravishda amalga oshirishingiz kerak bo'ladi".


XaviInesta to'g'risida gap ketganda, tiki-takining yana bir namoyondasi Xavini yodga olmasa bo'lmaydi. U o'zining kelib chiqishi haqidagi fikrlarga bazida to'xtalib o'tadi, masalan, UEFA veb-saytiga bergan intervyusida shunday deydi:

"Futzalda aniqlik, taktik jihatdan aqlli qaror qabul qilish kabi fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Katta futbol ko'proq jismoniy jihatlarni talab qiladi, futzalda esa eng muhimi istedod sanaladi".


Neymar

Neymar ham faoliyatini futzal maydonida boshladi va u erda 8 yoshida ilk bor o'zini ko'rsatdi. Braziliyaning o'ninchi raqam egasi futzal yulduzi, ushbu sport turi bo'yicha ikki karra jahon chempioni Falkao bilan do'st hisoblanadi. Ular birgalikda futzal va ko'cha futboliga bag'ishlangan bazi ijtimoiy va xayriya loyihalarini boshlashgan - masalan, Neymar Jr’s Five.

"Futzal tez fikrlashga o'rgatadi — bu dinamik o'yin. Futzal menga maydondagi bo'sh nuqtada qanday harakatlanishni o'rgatdi. Men har doim futzalni yaxshi ko'rganman, lekin qaysidir vaqtda butunlay katta futbolga o'tishga majbur bo'ldim".


Ronaldino

"Gaucho" 37 yoshida nafaqat futzalga, balki "Dehli ajdarlari" sharafini himoya qilish uchun kichik maydonga qaytdi. To'g'ri, Ronaldino uzoq vaqt o'ynamadi — sakkizta o'yinda o'n oltita gol.

"Mening ko'plab fintlarim mana shu maydonchada paydo bo'lgan. Siz kichik maydonda o'ynaysiz, bu esa to'p nazorat qilishni boshqa darajaga olib chiqadi. Futzal orqali to'pni nazorat qilish qobiliyatim mukammallashgandi".


Lionel Messi

Leo Messi futzal bilan shug'ullana boshlagan futbolchilardan biri hisoblanadi. Forvard UEFAga bergan intervyusida o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi:

"Argentinada istiqomat qiladigan ko'cham va klubim uchun to'p tepganman. Futzal jozibali o'yin. Bu sport turi menga hozirgi darajaga ko'tarilishimga yordam bergan".


Krishtianu Ronaldu

Odatdagidek Messi qaerda bo'lsa, Ronaldu ham o'sha erda hoziru nozir. Portugaliyalik futbolchi UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida futzaldagi tajribasi haqida so'z yuritdi hamda Leo bilan deyarli bir xil gaplarni aytdi:

"Bolaligimda Portugaliyada faqat futzal bilan shug'ullanardik. Kichkina maydon menga to'pni yaxshi nazorat qilishimga imkon yaratdi, shu bois o'zimni maydonda doim juda erkin his qilardim. Hech shubha yo'qki, futzalsiz bugungi Ronaldu bo'lolmasdim".


Jorjino

11 yoshida Jorjino onasi Mariya Tereza qo'l ostida futzal bilan ham shug'ullangan. U erda bo'lajak yulduzning g'ayrioddiy istedodi namoyon bo'la boshladi. Aynan o'sha erda bugungi kunda butun Evropa futbolining etiborini qozongan yarim himoyachi o'zining birinchi murabbiylaridan biri Mauro Bertakkining nazariga tushdi.


Filipe KoutinoGuvohi bo'lib turganingizdek, braziliyalik yashil maydon sehrgarlarining ko'pchiligi kichik maydonchali futzaldan uning "aka"si bo'lgan futbolga qadam qo'ygan. Yarim himoyachi Koutino ham futbolga kirib kelishi to'g'risida shunday deydi:

"Olti yoshimdan 13 yoshimgacha futzal o'ynaganman, shundan so'ng bor etiborimni katta futbolga qaratishga qaror qilganman".


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика