So’nggi yangiliklar

17:30Про лига. "Арал" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  11 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  4 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   3 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   4 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  8 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Real Sosedad"ga yutqazdi Yangiliklar

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Real Sosedad"ga yutqazdi

Evropa Ligasi birinchi turida "Manchester Yunayted" va "Real Sosedad" o'zaro to'qnash keldi.

"Manchester Yunayted" – "Real Sosedad" 0:1

Gol: 0:1 – 59, penalti Mendes.

Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Maguayr, Lindelef, Malasia, Eriksen, Kazemiro, Fred, Ronaldu, Antoni, Elanga.

Real Sosedad – Remiro, Gorosabel, Elustondo, Pacheko, Munos, Mendes, Merino, Silva, Subimendi, Kubo, Sadik.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. De Xea MYUni ikkinchi goldan qutqarib qoldi.

90. Krishtianuning zarbasidan jonli devordan nariga o'tmadi.

89. Ronalduga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

88. Bernachoning zarbasiga ancho aniqlik etishmadi.

85. Ronalduning zarbasiga yana ozgina aniqlik etishmadi.

81. CHoning biroz avvaliga zarbasiga SanCHo javob qaytardi.

80. CHoning tepgan to'pi De Xeaning quchog'idan o'rin oldi.

77. Kazemironing uzoqdan yo'llagan zarbasini raqib posboni qaytardi.

76. O'yin tempi esnoq tutadigan darajaga kelib qoldi.

71. Sancho Antoni o'rniga, Garnacho Elanga o'rniga maydonga tushirildi.

68. Malasiyaning zarbasiga atigi 5 metr aniqlik etishmadi.

64. ZARBA! Fernandeshning uzatmasidan so'ng Kazemironing bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

64. De Xea vatandoshi Silvaning chap oyoqda yo'llagan zarbasini qaytardi!

61. Silva ogohlantirildi

58. Mendes... GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! De Xea yo'nalishni topdi, biroq to'pni qaytara olmadi.


57. MYU darvozasiga penalti belgilanmoqda! Hakam VARga murojaat qildi, biroq fikridan qaytmadi.

54. ZARBA! Mendes yana bosh bilan xavfli zarba yo'lladi.

49. Ronalduning o'ta kuchli zarbasi oqibatida darvoza ortida o'tirgan kimningdir qo'li og'rigan bo'lishi mumkin.

47. Fernandesh Antonining uzatmasini chiroyli to'xtatdi va raqibga chiroyli oldirib qo'ydi.

46. Ronaldu Bruning uzatmasiga ko'ngildagidek zarba bera olmadi.

46. "Yunayted"da ikki o'zgarish: Fernandesh Eriksenni, Martines Dalotni almashtirdi.

Birinchi bo'limga 0 daqiqa qo'shib berildi. Tanaffus.

41. Hozirga gollardan ko'ra follarni ko'ryapmiz asosan.

35. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! RONALDUUUUUUU... degan joyimda ofsayd ekan.


34. Ronaldu yoshligini eslab, 4 nafar raqibini aldab o'tdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

31. Maguayr o'zining salkam belidan keladigan Kuboni to'xtatib qoldi.

28. ZARBA! Mendes "Yunayted" muxlislarining yuragini changallatadigan zarba yo'lladi, ularning baxtiga ijro noaniq amalga oshirildi.

27. Antoni bugungi harakatlari bilan Maguayrni ham ortda qoldiradigan ko'rinadi.

25. Pacheko Ronalduning gol urish imkoniyatini pachavaga chiqardi.

24. Eriksen narigi burchakda turgan yon hakamga burchakdan uzatma berdi.

22. Ronaldu Antonining to'p to'xtatishini ko'rib, "100 million-a" deb qo'ygandir ichida.

19. Maguayr maydon chetida turgan ustoziga pas berdi.

17. Eriksenning ajoyib uzatmasiga hammadan yuqori sakray oladigan Ronalduning ham bo'yi etmadi.

14. Ronalduning yoshi o'tib borayotganini ushbu daqiqada sodir etilgan hujumdan bilib olish mumkin.

11. Elanga raqibini belangi qilib qo'yishiga bir bahya qoldi.

8. Fredning noaniq uzatmasidan so'ng ofsaydda turgan Ronaldu haykal bo'lib turish mahoratini namoyish etdi.

4. Ronaldu Kazemironing uzatmasidan so'ng sakrashga harakat ham qilib ko'rmadi.

2. Kuboning kuragini zabardast "Yunayted" himoyachilari erga tekkazib qo'yishdi.

Bugun mankunianlarni Maguayr sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. SHuning uchun "qizil iblislar" ishqibozlaridan asabiylashmaslikni so'rab qolamiz.

1. Uchrashuvni mehmonlar boshlab berishdi. Bugun MYU qizil, "Sosedad" qora rangli lisbosda harakat qiladi.


Bugun ikkala jamoa azolari qora bog'ichlar bilan o'ynaydi. Uchrashuv Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning vafoti munosabati bilan bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi.



Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


Assalomu alaykum, SHomurodovning golidan haligacha o'ziga kelolmayotgan futbol ishqibozlari! Hozir avvalgisidan qiziqroq bo'lgan to'qnashuv guvohiga aylanamiz. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика