Evro-2024 yakunida yagona to'purar bo'lmasa, "Oltin butsa" kimga nasib etadi? UEFAdan g'aroyib echim...
13 iyu 2024 00:55
Yangiliklar
Evro-2024 yakunida yagona to'purar bo'lmasa, "Oltin butsa" kimga nasib etadi? UEFAdan g'aroyib echim...
Ispaniya va Angliya o'rtasidagi final o'yinidan keyin ham Evro-2024 musobaqasining to'purari aniqlanmasa, "Oltin butsa" mukofoti bir vaqtning o'zida olti nafar futbolchiga taqdim qilinadi. Bu haqda UEFA malum qildi.
Gap shundaki, ayni damda turnirning eng ko'p gol urgan futbolchilari soni olti nafarni tashkil qiladi (ularning barchasi uchtadan to'p kiritgan). Harri Keyn va Dani Olmo finalda o'ynashadi. Bundan tashqari, Kodi Gakpo (Niderlandiya), Jorja Mikautadze (Gruziya), Jamal Musiala (Germaniya) va Ivan SHrancda (Slovakiya) uchtadan gol bor.
UEFA agarda to'purarlik poygasida yakka g'olib aniqlanmasa, oltita futbolchining barchasiga "Oltin butsa" mukofotini taqdim qiladi.
Avvallari turnir to'purarini aniqlashda qo'shimcha ko'rsatkichlarga qaralgan bo'lsa, bu turnirdan faqatgina gollar inobatga olinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar