So’nggi yangiliklar

17:32"Барселона" дарвозабони ҳалиям чекиб турар экан  2 17:00Ўзбекистон кубоги. Финал. "Навбаҳор" - "Андижон" 0:0 (матнли трансляция)  30 16:03"Навбаҳор" - "Андижон". Асосий таркиблар билан танишинг  11 15:30"Кристал Пэлас" - "Ливерпуль". Таркиблар эълон қилинди  3 15:25БАА Ўзбекистонга қарши баҳс учун терма жамоага чақирилган футболчилар рўйхатини эълон қилди  5 14:57Лукаку уни терма жамоага чақиришларини хоҳламаяпти  0 14:22Фаррух Турдалиев: “Андижон” мухлисларини "Боруссия" мухлисларига ўхшатдим"  2 14:16Абдумажид Тоиров: “Икки жамоа ўртасидаги кураш финал йўлланмаси ҳал қилинган кунданоқ бошланган”  0 13:57"Пахтакор" - "Динамо" учрашувини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  6 13:28Пеп Гвардиола АПЛ қароридан норози  10 13:20Бугун Ўзбекистон Кубоги финалида ишлайдиган ПФЛ вакили келаси йил ОФКда иш бошлайди  4 12:46Ўзбек ва жаҳон футболи ҳамда футзали юлдузлари ўртасида баҳс ўтказилди  4 12:14"Ювентус" майдонга тушмай маош олаётган юлдуздан қутилмоқчи  2 11:50"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 8 ёшли Умарбеков Бурхон  0 11:16Мурод Исмоилов: “Финалда қайси жамоа ғалаба қозонса ҳам якунда футбол ютади”  0

Evro-2024. Niderlandiya iroda ko'rsatib,Turkiyani mag'lubiyatga uchratdi! Yarim finaldagi raqib – Angliya Yangiliklar

Evro-2024. Niderlandiya iroda ko'rsatib,Turkiyani mag'lubiyatga uchratdi! Yarim finaldagi raqib – Angliya

Evro-2024 1/8 final doirasidagi Niderlaniya - Turkiya o'yinida Niderlandiya dastlab gol o'tkazib yuborganiga qaramay, yakunda g'alaba qozondi.

Niderlandiya – Turkiya 2:1 

Gol: Akaydin 35',  de Vrey 70', Myuldur 75' (avtogol)

Niderlandiya – Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 73), Sxauten, Reynders (Verman, 73), Simons (Zirkze, 87), Bergveyn (Vegorst, 46), Gakpo, Depay (Frimpong, 87).

Turkiya – Gyunok, Myuldur (CHelik, 82), Ayxan (Qilichso'y, 89), Bardakdji, Akaydin (Tosun, 82), Gyuler, Kadio'g'lu, CHalxano'g'lu, Ozdjan (Yokushlu, 77), Yilmaz, Yildiz (Akturko'g'lu, 77).

Ogohlantirishlar:Simons (30), Ake (54), van Deyk (64), Tosun (90+3), Montella (90+4).

CHetlatish: Yildirim (90+6).

Netherlands

Stefan de Vrij - 70', Mert Muldur - 76'

EURO Final Stage . Quarter Finals-tur

07/07/2024, 00:00

1
:
2
Tugadi

Turkiye

Samet Akaydin - 35'

Stadion: Olympiastadion, 70091 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
30'  Xavi Simons
46'  Steven Bergwijn (Wout Weghorst)
54'  Nathan Ake
64'  Virgil van Dijk
70'  Stefan de Vrij
70'  Memphis Depay
73'  Nathan Ake (Micky van de Ven)
73'  Tijjani Reijnders (Joey Veerman)
76'  Mert Muldur
87'  Memphis Depay (Jeremie Frimpong)
87'  Xavi Simons (Joshua Zirkzee)
90'  Wout Weghorst
35'  Samet Akaydin
35'  Arda Guler
77'  Salih Oezcan (Okay Yokuslu)
77'  Kenan Yildiz (Kerem Akturkoglu)
82'  Mert Muldur (Mehmet Zeki Celik)
82'  Samet Akaydin (Cenk Tosun)
89'  Kaan Ayhan (Semih Kilicsoy)
90'  Cenk Tosun
90'  Vincenzo Montella
90'  Bertug Yildirim


90+7. Bo'ldi. O'yin yakunlandi! Niderlandiya yarim finalda. Angliya va Niderlandiya yarim finalning ikkinchi juftligini hosil qilishdi.

90+4. Niderlandiya jon jahdi bilan himoyalanmoqda.

90+1. Zarbaaaaaa! To'p darvozaga kirishni istamayapti. Qilichso'yning zarbasini Verbryuggen qaytarmoqda! Turkiya taslim bo'lmoqchi emas!

90. Zarbaaa! Turkiyada ajoyib imkoniyat edi. Karim Akturko'g'lu zarbada adashmoqda!

89. Gakpodan zarba! Kodi o'yinga nuqta qo'yishi mumkin edi, ammo Turkiya darvozaboni ajoyib seyv qayd etdi.

89. Turkiyada almashtirish. Ayxan o'rniga Qilichso'y maydonga tushdi.87. O'zgarishlar. Simons va Depay o'yindan olindi. Zirkze va Frimpong maydonga tushdi.

85. Qanday vaziyatlar? Turkiyada ikki marta zarba uchun qulay vaziyat bo'ldi. Ikkala zarba ham Niderlandiya himoyachilari tomonidan qaytarildi. 

82. Turkiya himoyalangani uchun jazolandi. Endi vaziyatni o'nglash kerak.

77. Turkiyada o'zgarish. Yildiz va O'zjan maydonni tark etdi, Yokuslu va Akurko'g'lu o'yinga qo'shildi.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Niderlandiya hisobda oldinga chiqmoqda. Dyumfris qanotdan to'pni erlatib jarima maydoniga uzatdi. Gakpo esa bu vaziyatni golga aylantirdi.

74. Niderlandiyaning ishtaxasi ochildi. Kuman shogirdlari ikkinchi golni ham urishmoqchi.

73. Niderlandiyada o'zgarishlar. Ake  va Reynders maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Virman va van de Ven o'yinni davom ettiradi.

70. GOOOOOOOOOOOOL! De Vrey hisobni tenglashtirmoqda. Depayning qanotdan bergan uzatmasini Stefan darvozaga joylab qo'ydi. 1:1

70. Vegxorst!!! Havodan kelgan to'pni darvozaga joylashga harakat qildi, ammo darvozabon seyv ko'rsatdi.

65. Zarbaaaa! Kenan Yildiz ajoyib zarba berdi, ammo Niderlandiya posboni bu zarbani qaytarib yubordi.

64. Van Deyk ham sariq kartochka oldi. Gyulerning uzatmasidan so'ng Virjildan qochib ketayotgan Turkiya futbolchisi qo'pollik bilan to'xtatildi.

57. Depaydan zarba! Mert Gyunok o'z o'rnida

56. Zarbaaa! Arda Gyulerning jarimadan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi!

55. Natan Ake ogohlantirildi. Himoyachi xafvli hujum uyushtirayotgan Arda Gyulerni to'xtatgani uchun sariq kartochka oldi.

54. Uxxxx! Niderlandiyada yana bir imkoniyat. Jarima maydonchasiga oshirilgan xavfli uzatmani darvozaga kiritib yuboradigan o'yinchi topilmadi.

53. Niderlandiya to'liqligicha hujumga o'tmoqda.

51. Depaaaaaay?! Qanotdan oshirilgan to'pni Vaut Vegxorst qarama-qarshi tarafga oshirib berdi. U erda turgan Memfis Depay to'pni deyarli bo'sh darvozaga joylay olmadi!

46. Niderlandiya tarkibida o'zgarish. Bergveyn o'rniga Vaut Vegxorst maydonga tushirildi.

46, Ikkinchi bo'lim boshlandi.


45+2. Birinchi bo'lim Turkiyaning foydasiga yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi.

44. Gakponing zarbasi rekoshet sabab o'z kuchini yo'qotdi va Turkiya darvozabonining qo'liga kelib tushdi.

42. Niderlandiya vaziyatni o'nglash uchun hujumga o'tmoqda. 

35. GOOOOOOOOOOOOL! Turkiya hisobni ochmoqda. Arda Gyulerning qanotdan oshirgan to'pini Samet Akaydin darvozaga joylab qo'ydi! 

30. Xavi Simons qo'pol o'ynagani sabab ogohlantirildi.

29. Xavfli vaziyat! CHalxanogluning uzatmasidan so'ng Bardakchi noaniq zarba berdi.

25. Turklar o'yinni ancha tenglashtirishdi. Niderlandiya o'yinning dastlabki qismidagidek xavfli hujumlar uyushtirma olmayapti.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an o'yinni stadiondan kuzatmoqda:

15. Akaydin erda yotibdi, shifokorlar unga yordam ko'rsatishmoqda. Himoyachi o'yinni davom ettira oladi.

12. Bu safar Xavi Simons jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berib ko'rgandi. Umuman olganda, hozircha niderlandlar o'yinda ustunlik qilishmoqda va xavfli vaziyatlarni sodir etishmoqda.

8. Xakan CHalxanoglu Xavi Simonsning to'pga zarba berishiga imkon bermayman deb zarbani oyog'iga qabul qilib oldi... Hammasi joyida, "Inter" xavbeki bahsni davom ettiradi.

7. Gakpo qulay vaziyatdan o'ta noaniq zarba berdi! Yon hakam bu erda o'yindan tashqari holatni qayd etdi, ammo bu vaziyatda offsayd yo'q edi.

2. Uxxx! Depay juda qulay imkoniyatni boy berdi. Yaqinda "Atletiko"ni tark etgan hujumchi o'zi vaziyat yaratib jarima maydonchasiga kirib zarba bergandi, ammo unga aniqlik etishmadi.

1. O'yin boshlandi!

— Navbat davlatlar madhiyasiga!

— Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

— Barchaga salom. Bugun sizlar bilan Evro 1/8 final doirasidagi Niderlandiya — Turkiya o'yinini birgalikda kuzatib boramiz.

Netherlands

Stefan de Vrij - 70', Mert Muldur - 76'

EURO Final Stage . Quarter Finals-tur

07/07/2024, 00:00

1
:
2
Tugadi

Turkiye

Samet Akaydin - 35'

Stadion: Olympiastadion, 70091 tomoshabin

Bosh hakam: Clement Turpin

45'
90'
30'  Xavi Simons
46'  Steven Bergwijn (Wout Weghorst)
54'  Nathan Ake
64'  Virgil van Dijk
70'  Stefan de Vrij
70'  Memphis Depay
73'  Nathan Ake (Micky van de Ven)
73'  Tijjani Reijnders (Joey Veerman)
76'  Mert Muldur
87'  Memphis Depay (Jeremie Frimpong)
87'  Xavi Simons (Joshua Zirkzee)
90'  Wout Weghorst
35'  Samet Akaydin
35'  Arda Guler
77'  Salih Oezcan (Okay Yokuslu)
77'  Kenan Yildiz (Kerem Akturkoglu)
82'  Mert Muldur (Mehmet Zeki Celik)
82'  Samet Akaydin (Cenk Tosun)
89'  Kaan Ayhan (Semih Kilicsoy)
90'  Cenk Tosun
90'  Vincenzo Montella
90'  Bertug Yildirim

Reyting: +9   

Fikrlar

+5   
07 iyu 01:58:07
Арсенал 14
Bu o'yini bn turklar boshini baland ko'tarib chiqib ketsa bo'ladi.Ikkinchi bo'limda gollandlar uchdi, qoil. Mana o'yin, ana o'yin
+5   
07 iyu 01:53:33
Шерзод. М
Голландияни мухлислари хам эски ишкбозлардан аксарят ёши катталар ишқибозлик қилади ўзини ўйини бор чиройли жамоавий ўйин қилади.
+4   
07 iyu 02:06:28
Abdurahmon Ablazov
Европа нинг судьялари хам Туркларни ёктирмайди,голландларга ён босди голланлардан к,изил олиш керак эди
+4   
07 iyu 02:05:08
Qodirjon Jalilov
Рахмат турк.кардошлар.омад.кейинги.мусобакаларда.омад.яхши.уйин.булди
+4   
07 iyu 00:50:04
Futbol Uchun
Олга Усмонийлар! Европани тиз чуктирамиз.
+3   
07 iyu 02:38:38
Zohid
Туркияни тренери тренерми ўзи? Нега 2-таймда химояга ўтишни буюрди? Ардани орқага қўйди? Хоқонни нега алмаштирмади? Тренерда гап кўп бу ерда...

Яхши хужум қилиб турган жамоани химояга ётқизиш душманни иши...

Хакам алохида масала нидерландлар жуда қўпол ўйнади, айниқса бошини оқ лента билан боғлаб олган чол қўли билан ўйнади, эътиборсиз қолдирилди

Демирелни четлаштириш УЕФАга бўлган ишончни ўлдирди. Бўри жести туркийларни қадимги ишораси, европаликларни тиз чўктирганларини эслашдимикан ўша даврларда...

Реал Барса деб европа ўйинларини кўрадиганлар нахотки шу ўйинларни мазза қилиб кўришади?
+3   
07 iyu 02:01:17
ManUnited
Судя ифлос, ЛГБТ га бўлишди, мусулмон давлат Туркия
+3   
07 iyu 01:59:42
ManUnited
ЛГБТ лар ютти хоромилар
+3   
07 iyu 00:44:20
Vasliddin Eshpulatov
Shiddatli oʻyin boʻlyapti Fransiya bilan Angliya tamosha qil qoʻrqoqlar
+3   
07 iyu 00:07:12
Qodirjon Jalilov
Омад турк кардошларга олга усмонли яничарлар буюк аждодларинг каби Европа.забт.этинглар
+2   
07 iyu 02:27:03
Музаффар Махмудов
SHM foydalanuvchining fikriga javob berish
Кимга канака билмайман мен бу уйинда Туркияга мухлислик килиб курдим лекин туркларни кучи етмади.
Таркиб кучлилик қилди голландларда
+2   
07 iyu 02:25:32
SHM
Кимга канака билмайман мен бу уйинда Туркияга мухлислик килиб курдим лекин туркларни кучи етмади.
+2   
07 iyu 02:08:26
Liverol Motor Oil
Марко ван Бастен foydalanuvchining fikriga javob berish
1998 й ЖЧ Ярим финал 7-июл Голландия Бразилияга П Клюйверт худди шундай гол урганиди
Патрик Клюйверт энг яхши курган футболчим булган.
Уша,сиз айтган голни,уйинни куриб футболга мухлис булганман.Ушандан бери Аякс,Голландия ва Патрик туфайли Барселона мухлисига айландим.
11-ёшда эдим уша пайтлар.
France-98.....Голландларнинг олтин авлоди,Бразилия таркиб буйича Голливуд актёрларидан хам машхур,Франция дахшат,Хорватия мега сенсация Давор Шукер,Алёша Асанович...румынларда Георги Хаджи,Колумбияда Карлос Валдеррама,Парагвай дарвозабони Хосе Луис Человерт,Нигерияда Кану ва Жей-жей Окоча....
Англияни айтмайсизми,ёшгина Майкл Оуэн,Давид Бекхэм...тажрибали Алан Ширер,Саутгейт.
Аргентинларда Ортега,Батистута,Симеоне,Верон,Италияда Дель Пиеро,Тотти,Виери,Малдини,Неста.....
Эхх,футбол шунақаям файзли эди уша пайтлар
+2   
07 iyu 02:05:27
Dilshod Nazarov
kutilgan yarim finallar Endi buyogi kim zor oynasa finalga chiqadi Fransiya Angilya futbol qóshishi kerak yóqsa Ispaniya Gollandiya finali kutilmoqda
+2   
07 iyu 01:36:43
ArsaBarsa
Juda ertachi himoyaga yotib oldi. O"ynasa gollandlar ham qo'rqib qolgandi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика