Evro-2024. Ivan Yosovich: "Serbiya Daniya bilan o'yinda hujumkor o'yin ko'rsatadi"
25 iyu 2024 16:58
Yangiliklar
Evro-2024. Ivan Yosovich: "Serbiya Daniya bilan o'yinda hujumkor o'yin ko'rsatadi"
"Metallurg"ning serbiyalik himoyachisi Ivan Yosovich Evropa chempionatida Serbiyaning oldindagi o'yinlaridagi imkoniyatlarini baholadi.
"Evropa chempionati musobaqalar orasidagi eng sifatlisi va darajasi balandi hisoblanadi. Turnirda Serbiyaga muxlislik qilyapman. Terma jamoamizda sifatli futbolchilar yig'ilgan, murabbiy hujumkor uslubni yaxshi ko'radi. Angliyaga qarshi o'yinda tezkor gol o'tkazib yubordik. So'nggi 15 daqiqalikda esa yomon o'yin ko'rsatganimiz yo'q. Pressing qildik, to'pni nazorat qildik. Daniya bilan bahsda faqat g'alaba qoniqtiradi. Bu bahsda ham hujumkor o'yin ko'rsatamiz deb o'ylayman.
Qo'shnilarimizdan Xorvatiyaga muxlislik qildim. Garchi Modrich, Perishich kabi katta yoshli ijrochilar o'z o'rinlarini sekin-asta yoshlarga bo'shatib bersa-da, yangi iqtidorlar chiqib kelishiga ishonaman", – deydi Yosovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar