So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  0 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  31 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

Evro-2024. Germaniya pley-offga chiqdi. Gyundogandan gol+assist Yangiliklar

Evro-2024. Germaniya pley-offga chiqdi. Gyundogandan gol+assist

Germaniyada o'tkazilayotgan Evropa chempionati "A" guruhi ikkinchi turidan o'rin olgan Germaniya – Vengriya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Germaniya – Vengriya 2:0
19 iyun, "MXP-Arena"
Gollar
: 1:0 – 22 Musiala, 2:0 – 67 Gyundogan.

Germaniya – Noyer, Ryudiger, Ta, Mittelshtedt, Kroos, Gyundogan (Undav, 84), Andrix (Djan, 72), Virtc (Sane, 58), Kimmix, Xavertc (Fyullkrug, 58), Musiala (Fyurix, 72).

Vengriya – Gulachi, Bolla (Adam, 75), Fiola, Orban, Dardai, Kerkez (Nad, 75), SHallai (CHobot, 87), Nad (Klyaynxaysler, 64), Soboslai, SHafer, Varga (Gazdag, 87).


Ogohlantirishlar: Varga (23), Ryudiger (27), Mittelshtedt (89), CHobot (90+3).


Germany

Jamal Musiala - 22', Ilkay Gundogan - 67'

EURO Grp. A . 2-tur

19/06/2024, 21:00

0
:
2
Tugadi

Hungary

Stadion: MHPArena, 54000 tomoshabin

Bosh hakam: Danny Makkelie

45'
90'
22'  Jamal Musiala
22'  Ilkay Gundogan
27'  Antonio Ruediger
58'  Florian Wirtz (Leroy Sane)
58'  Kai Havertz (Niclas Fuellkrug)
67'  Ilkay Gundogan
67'  Maximilian Mittelstaedt
72'  Robert Andrich (Emre Can)
72'  Jamal Musiala (Chris Fuehrich)
84'  Ilkay Gundogan (Deniz Undav)
89'  Maximilian Mittelstaedt
22'  Barnabas Varga
64'  Adam Nagy (Laszlo Kleinheisler)
75'  Bendeguz Bolla (Martin Adam)
75'  Milos Kerkez (Zsolt Nagy)
87'  Barnabas Varga (Daniel Gazdag)
87'  Roland Sallai (Kevin Csoboth)
90'  Dominik Szoboszlai
90'  Marco Rossi


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyacisini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 


YANGILASH

Bo'ldi, bosh hakam Danni Makkeli final hushtagini chaldi! Germaniya ikkinchi turda ham ishonchli g'alabani tantana qildi va yakka peshqadamga aylanib oldi.

90+3-daqiqa. Ogohlantirish! Mittelshtadtga nisbatan fol uchun Kevin CHobotga sariq kartochka ko'rsatildi. 

90+2-daqiqa. Vengriyaliklar oddiy vaziyatda to'pni yo'qotishdi. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. Ogohlantirish! Hakam Maksimilian Mittelshtadtga sariq kartochka ko'rsatdi. 

87-daqiqa. O'zgarishlar! Baranabash Varga va Roland SHallai o'rniga Daniel Gazdag hamda Kevin CHobot maydonga tushirildi.  

84-daqiqa. O'zgarish! Ilkay Gyundogan o'rniga Deniz Undav maydonga tushirildi.

83-daqiqa. Dastlabki burchak zarbasidan keyin Emre Jan to'pni qaytardi. Ikkinchisini qaytarish nemislarga undanda osonroq bo'ldi. 

80-daqiqa. Germaniya hech qayoqqa shoshilmay to'pni nazorat qilmoqda.

75-daqiqa. O'zgarishlar! Vengriya tarkibida futbolchi almashtirilmoqda. Bendeguz Bolla va Milosh Kerkez o'rnini Jolt Nad hamda Martin Adam o'yinga qo'shildi.

75-daqiqa. Bu safar Gulachi Leroyning o'zi tepgan to'pni qaytardi. 

74-daqiqa. Leroy Sane qanotdan jarima maydonchasiga kirib bordi va Kimmixning zarbasini Gulachi qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 

72-daqiqa. O'zgarishlar! Musiala va Andrix o'rnini Emre Jan hamda Kris Fyurix o'yinga qo'shildi. 

69-daqiqa. Hujumga etib kelgan Yozua Kimmix kuchli zarba berib ko'rdi, lekin biroz mo'ljalda adashdi.  

67-daqiqa. GOOOOOOOOL! Ajoyib kombinaciyaga Ilkay Gyundogan chiroyli nuqta qo'ydi!

64-daqiqa. O'zgarish! Adam Nad o'rniga Laslo Klyaynxaysler o'yinga qo'shildi. 

63-daqiqa. Qanotdan uzatmadan keyin Maks Mittelshtedt to'pni maydondan chiqarib yubordi. Vengriya burchak zarbasi ishlab oldi. 

60-daqiqa. Varga hozir hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq hujumchining bosh bilan yo'llagan to'pi darvozadan biroz yuqorilab o'tib ketdi.

58-daqiqa. O'zgarishlar! Kay Xaverc va Florian Virc o'rniga Fyulkryug hamda Leroy Sane maydonga tushdi. 

57-daqiqa. Jonatan Ta to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborib, xavfni bartaraf etdi. 

55-daqiqa. Germaniya terma jamoasining navbatdagi hujumi xavfli ko'rinish oldi. Avvaliga qanotdan jarima maydonchasi ichiga yo'llangan to'pini Gulachi qaytardi, to'p Kroosga borib tushdi va Toni ham zarba yo'lladi, biroq himoyachiga tegib, tezligini yo'qotgan to'pni Peter o'tkazib yuborishi deyarli ilojsiz edi.  

52-daqiqa. Vengriyaning xavfli tus olishi mumkin bo'lgan hujumi oxiriga etmay qoldi. 

50-daqiqa. Andrash SHafer maydon markazida Andrixga nisbatan fol ishlatdi. 

49-daqiqa. Vengriya ham burchak zarbasi ishlab oldi. Biroq undan naf chiqara olmadi. 

Kay Xaverc hujumda fol ishlatdi deb topildi. 

Nemislar ikkinchi bo'limni ham faol boshlashdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi!

45+4-daqiqa. Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi.

Villi Orban to'pni uzoqlashtirdi. 

"VAR" chindan vengriyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganini tasdiqladi, hisob o'zgarmadi. 

45+2-daqiqa. GOOOOOL! Vengriya hisobni tenglashtirmoqda. Ammo, lekin, biroq... Qanot hakami o'yindan tashqari holat qayd etdi.  

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.  

44-daqiqa. Musiala dublni rasmiylashtirishga yaqin edi, ammo bor yo'g'i burchak zarbasi.

38-daqiqa. O'yin tempi ancha pasaydi. Buni sezish unchalik qiyin bo'lmayapti. 

34-daqiqa. Germaniya to'pni maydon markazida nazorat qilmoqda.  

27-daqiqa. Ogohlantirish! Antonio Ryudigerga ham sariq.

26-daqiqa. Vaauv! Noyerga qoyillarimiz! Soboslaining jarima zarbasidan yo'llagan qiyin zarbasini qaytargani etmagandek, takroriy urinishdan keyin oyoqlari bilan ham qaytarishni uddaladi.  

23-daqiqa. Ogohlantirish! Barnabash Varga sariq kartochka bilan ogohlantirildi!  

22-daqiqa. GOOOOOOOL! Musiala kuchli zarbasi bilan nemislarni oldinga olib chiqdi!

21-daqiqa. Endi esa Virc uzatmada xatoga yo'l qo'ydi. 

19-daqiqa. Kay Xaverc o'zidanda qulayroq nuqtadagi Gyundoganga to'pni tashlab bergandi, lekin Ilkay unga biroz eta olmadi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi. 

17-daqiqa. Germaniya yana bir burchak zarbasi ishlab oldi. 

12-daqiqa. Kroosning burchakdan uzatgan to'pini Andrix darvozaga yo'llashiga sal qoldi. 

11-daqiqa. Kay Xaverc Orban bilan kurashda faolroq harakat qilib, to'pga ega chiqdi va zarba yo'lladi, Gulachi jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

9-daqiqa. Kroosdan jarima maydonchasiga kroos, lekin Ilkay Gyundogan to'pga eta olmadi. 

7-daqiqa. Vengrlar ketma-ket ikki bor burchak zarbasini amalga oshirishdi, lekin to'p Noyer qo'riqlayotgan darvozagacha etib bormadi. 

4-daqiqa. Kay Xaverc zarba berdi, ammo kiper osonlik bilan to'pni egallab oldi. 

3-daqiqa. Vengriyaning qarshi hujumi oxiriga etmay qoldi.

1-daqiqa. O'yin boshlandi! 


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика