Evro-2024. CHorak finalning ikkala markaziy o'yinini angliyalik hakamlar boshqaradi
03 iyu 2024 22:43
Yangiliklar
Evro-2024. CHorak finalning ikkala markaziy o'yinini angliyalik hakamlar boshqaradi
CHorak finallarni kim boshqarishi aniq.
Germaniya mezbonlik qilayotgan Evropa chempionatining chorak final o'yinlarini qaysi hakamlar boshqarib borishi aniq bo'ldi.
Qizig'i, ushbu bosqichdan o'rin olgan ikki markaziy uchrashuvga ingliz hakamlari tayinlandi. Ispaniya – Germaniya uchrashuvini Entoni Teylor boshqarib borsa, Portugaliya – Franciya o'yinida Maykl Oliver bosh hakam vazifasini bajaradi.
Ispaniya – Germaniya
SHtutgart
Bosh hakam: Entoni Teylor
Qanot hakamlari: Gari Besvik, Adam Nunn
Zaxira hakami: Ivan Krujlyak.
VAR: Styuard Atvell
AVAR: Bartosh Frankovski, Massimiliano Irrati.
Portugaliya – Franciya
Hamburg
Bosh hakam: Maykl Oliver
Qanot hakamlari: Styuart Burt, Den Kuk.
Zaxira hakami: SHimon Marchinyak
VAR: Pol van Boekel
AVAR: Devid Kout, Tomash Kviyatkovski
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar