Jiru: "Liga 1 A Seriyadan ortda emas"
21 okt 19:58
Yangiliklar


Jiru: "Liga 1 A Seriyadan ortda emas"
Franciya chempionatiga qaytgan Olive Jiru Liga 1'ni Italiya chempionatidan kam emas deb hisoblaydi.
Italiya chempionati futbolchiga begona emas. U 2021/22 yilgi mavsum "Milan" bilan A Seriyada g'olib chiqqan.
"Men uni Premer-liga bilan solishtirmagan bo'lardim, lekin bizning Liga 1 A Seriyadan ortda emas. Men aytarli farqni ko'rmayman", – dedi Jiru.
Avvalroq Jiru Angliya chempionatida Londonning "Arsenal" jamoasida o'ynagan. U o'tgan mavsumni Amerika chempionati (MLS)da o'tkazgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar