APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi malum
10 okt 16:50
Yangiliklar
APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi malum
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner o'tgan oyning eng yaxshi ustozi deb topildi.
Uning qo'l ostida "Kristal Pelas" oy davomida ikkita g'alaba va bitta durang qayd etdi. 51 yoshli murabbiy so'rovnomada Mikel Arteta ("Arsenal"), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") va Rejis Le Bri ("Sanderlend") kabi kuchli hamkasblarini ortda qoldirdi.

"Burgutlar"ning mavsumdagi ilk mag'lubiyati oktyabr oyiga – APL 7-turi doirasidagi "Everton" bilan o'yinga (1:2) to'g'ri keldi. Bungacha "Kristal Pelas" barcha musobaqalarda ketma-ket 19 ta mag'lubiyatsiz o'yin o'tkazib, klub rekordini o'rnatgan edi.
Avvalroq APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi elon qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar