So’nggi yangiliklar

02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  1 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  4 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  11 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  7 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  33 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3

"Evro"dagi dastlabki sensaciya! Slovakiya Belgiyani mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

"Evro"dagi dastlabki sensaciya! Slovakiya Belgiyani mag'lubiyatga uchratdi

Evropa chempionatining navbatdagi kun uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Evro-2024
"E" guruhi, 1-tur
Belgiya - Slovakiya 0:0
Gol: 0:1 – 7 SHranc.
17 iyun, "Doyche bank Park" stadioni. 

Belgiya – Kastels, Kastan, Fas, Debast, Karrasko, de Bryuyne, Mangalya, Onana, Trossard, Doku, Lukaku.

Slovakiya – Dubravka, Pekarik, SHkrinyar, Vavro, Gancko, Kucka, Lobotka, Duda, Garaslin, SHranc, Bojenik.

Ogohlantirishlar: Mangalya (30), Yuri Tilemans (76), Dodi Lukebakio (85) - Ivan SHranc (41). 


Belgium

EURO Grp. E . 1-tur

17/06/2024, 21:00

1
:
0
Tugadi

Slovakia

Ivan Schranz - 7'

Stadion: Deutsche Bank Park, 45181 tomoshabin

Bosh hakam: Halil Meler

45'
90'
29'  Orel Mangala
56'  Romelu Lukaku
57'  Orel Mangala (Johan Bakayoko)
74'  Leandro Trossard (Youri Tielemans)
76'  Youri Tielemans
84'  Jeremy Doku (Ikoma Lois Openda)
84'  Yannick Carrasco (Dodi Lukebakio)
85'  Dodi Lukebakio
86'  Romelu Lukaku
7'  Ivan Schranz
7'  Juraj Kucka
41'  Ivan Schranz
70'  Robert Bozenik (David Strelec)
70'  Lukas Haraslin (Tomas Suslov)
81'  Ivan Schranz (David Duris)
90'  Ondrej Duda (Adam Obert)


"E" guruhida Belgiya terma jamoasi Slovakiyaga qarshi bahs olib bordi. 


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va musobaqadagi dastlabki chinakamiga sensaciya qayd etildi. Slovakiya kutilmaganda Belgiyani mag'lub etdi. 

90+7-daqiqa. Belgiya qanchalik urinmasin Dubravka darvozasi tomon yo'l topa olmayapti. 

90+4-daqiqa. O'zgarish! Duda o'rniga Obert maydonga tushirildi.

90+3-daqiqa. De Bryuyne zarba berish uchun qulay nuqtaga chiqib bordi va to'pni darvozaga yo'lladi, lekin uning urinishi kuchsiz chiqdi hamda Dubravka ishonch bilan uni egallab oldi.  

90-daqiqa. O'yining asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

Ammo, lekin, biroq... VAR bugun Lukakuga qarshi chiqmoqda)) Hujum davomida to'p Opendaning qo'liga tegib ketgani malum bo'ldi va shu sababli Romeluning goli bekor qilindi.  

86-daqiqa. GOOOOOOOOL! Openda tezligining hisobiga chap qanotdan oldinga o'tib ketdi va to'pni jarima maydonchasi markaziga yo'naltirdi, u erda Romelu Lukaku bir o'zi turgandi. Tajribali hujumchi bunday imkoniyatlarni ko'kka sovurmaydi.   

85-daqiqa. Ogohlantirish! Dodi Lukebakio hujumdagi foli uchun kartochka ishlab oldi.

84-daqiqa. Yannik Ferreyra-Karrasko va Doku o'rniga Lukebakio hamda Openda o'yinga qo'shildi.   

83-daqiqa. Slovakiya burchak zarbasi amalga oshirdi, lekin bundan naf chiqmadi.

81-daqiqa. O'zgarish! Ivan SHranc o'rniga David Dyurish maydonga tushirildi. 

80-daqiqa. Belgiya burchak zarbasi ishlab oldi. De Bryuynening uzatmasidan keyin Onana zarba bera oldi, lekin uning urinisha aniqlik etishmadi.  

76-daqiqa. Slovakiya oradagi farqni ikkitaga oshirib qo'yishi mumkin edi. Ammo to'p Fasning oyog'iga tegib, maydon tashqarisiga yo'l oldi.  

76-daqiqa. Ogohlantirish! Suslovga nisbatan fol uchun hozirgina maydonga tushgan Tilemans sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.

74-daqiqa. O'zgarish! Trossard o'rnini Yuri Tilemansga bo'shatib berdi.

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 58%ga 42% Belgiya foydasiga.

70-daqiqa. O'zgarishlar! Mehmonlar safida o'yinchilar alishtirildi. Robert Bojenik va Lukash Xaraslin o'rniga David Strelec hamda Tomash Suslov o'yinga qo'shildi.   

66-daqiqa. Belgiya bosimni kuchaytirib bormoqda. 

62-daqiqa. Bakayoko qanday qilib bu vaziyatda gol ura olmadi? 

59-daqiqa. Belgiya tanaffusdan keyin ancha dadil harakat qilmoqda. Hozir Trossardda imkoniyat bo'ldi, Dubravka ishonchli harakat qildi. 

58-daqiqa. O'zgarish! Orel Mangalya o'rniga Yoxan Bakayoko tushdi.

"VAR" vaziyatni takroran ko'rib, belgiyalik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lganini malum qildi. Gol inobatga olinmadi. 

56-daqiqa. GOOOOL! Burchak zarbasidan keyin Amadu Onana to'pni markazroqqa tashlab berdi va Lukaku osonlik bilan uni darvoza to'riga yo'lladi. 

55-daqiqa. Lukaku qulay imkoniyatga ega bo'ldi va kuchli zarba yo'lladi, Dubravka o'z o'rnida. 

50-daqiqa. Lukaku hujumda Denis Vavroga nisbatan fol ishlatdi. 

49-daqiqa. Belgiya to'pni nazorat qilmoqda. 

47-daqiqa. Lukash Xaraslin jarima maydonchasi tashqarisidan darvozani aniq nishonga ololmadi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3-daqiqa. Bo'ldi, hakam dastlabki bo'lim oxiriga etganini bildiruvchi hushtagini chaldi va jamoalarni tanaffusga taklif qildi. 

45+2-daqiqa. Slovaklar bo'lim so'ngida yana ikki bor burchak zarbasi amalga oshirishdi, biroq har ikki safar ham vaziyat chinakamiga xavfli tus olmadi. 

45+1-daqiqa. Belgiyaning xavfli tus olishi mumkin bo'lgan hujumini Milan SHkrinyar yo'qqa chiqardi. Qo'shimchasiga, sal avvalroq Lukaku o'yindan tashqari holatda bo'lgani qayd etildi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. Belgiyaning yana bir urinishi besamar ketdi. 

42-daqiqa. Romelu Lukaku bu vaziyatda qanday qilib gol urmaganini o'zi ham tushunolmayapti. 

41-daqiqa. Ogohlantirish! Karraskoga nisbatan taktik fol uchun Ivan SHrancga sariq ko'rsatildi.

40-daqiqa. Ajoyib hujumni Lukash Xaraslin undanda chiroyli va muhimi aniq zarbasi bilan yakunladi, ammo Kastels nima uchun Evroga birinchi raqamli kiper bo'lib kelganini barchaga ko'rsatib qo'ydi.  

39-daqiqa. Belgiya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

36-daqiqa. De Bryuynening uzatgan to'pini Onana boshi bilan darvozaga yo'lladi, lekin Dubravka bu holat ortiqcha muammo tug'dirmadi. 

34-daqiqa. Doku Belgiya termasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi.

32-daqiqa. Trossard zarba yo'lladi, lekin bu safar ham to'p darvozagacha etib bormadi.

31-daqiqa. Slovakiya hujumini zarba bilan yakunlay oldi.

30-daqiqa. Ogohlantirish! Orel Mangalya raqibning ehtimoliy xavfli hujumini fol bilan to'xtatib qoldi.  

28-daqiqa. Peter Pekarik qoidani buzdi. Leandro Trossard jabrlanuvchi rolida.

26-daqiqa. Martin Dubravka oldinroqqa chiqib, to'pni egallab oldi. 

22-daqiqa. Kevin de Bryuyne hujumda fol ishlatdi deb topildi. Tabiiyki, futbolchining o'zi bu fikrga qo'shilmayapti. 

15-daqiqa. KDBning uzatmasidan keyin o'ng qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirgan Jeremi Doku zarba berdi, lekin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.   

13-daqiqa. Maydon markazida to'p uchun kurash kechmoqda. 

10-daqiqa. Tezkor gol o'tkazib yuborgan Belgiya ustunlikni o'z tomoniga og'dirmoqchi, to'p nazoratini qo'lga olish orqali Lukaku sheriklari natijani o'zgartirishiga ishonmoqda.

Etiborli jihati Jeremi Doku yo'l qo'ygan xato yakunda Belgiya darvozasi ishg'ol qilinishiga sabab bo'ldi.

7-daqiqa. GOOOOOOOL! Ivan SHranc Slovakiyani oldinga olib chiqmoqda. 

6-daqiqa. Jeremi Doku faollik ko'rsatishga va sheriklari uchun vaziyat yaratib berishga urinib ko'rdi, lekin niyatiga eta olmadi. 

3-daqiqa. Belgiya to'pni nazorat qilmoqda va raqib darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni slovaklar boshlab berishdi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика