So’nggi yangiliklar

17:34Нагельсманн: "Кўзёшларимни зўрға тийиб турибман"  0 16:52Франция кетма-кет 6та учрашувдан бери ўйиндан гол урмаяпти. Бу уларнинг 60 йиллик антирекорди  1 16:35Adidas Кроос фойдаланган бутсалар моделини унинг номига ўзгартиради  0 16:05Германия - Испания учрашувидан сўнг немис жамоаси мураббийи ҳакамлар хонасига бостириб кирди  13 15:42Дунёнинг энг гўзал футболчиси "Ювентус"га ўтди  15 15:35ЖЧ саралаш олдидан. 5 сентябргача нима қиламиз?  5 15:23Австралия терма жамоаси собиқ футболчиси: "У Еврода Португалияга ҳалал берди"  16 15:17Азизбек Амонов "Хорфаккан"ни тарк этмоқда  1 14:55Нега тўп қўлга текканидан сўнг Испания дарвозаси томон пенальти белгиланмади?  22 14:26"Бунёдкор" ФК: "Маҳмуджон Маҳамаджонов ҳақидаги хабарлар ҳақиқатдан йироқ"  4 14:12Англия ва Германиялик мухлислар Дюссельдорфда муштлашишди  14 14:00Transfermarkt ва Championat.asia ўтган ойнинг энг яхшиларини аниқлашди  6 13:43Франция Португалияни мағлуб этганидан сўнг Мбаппе Роналдунинг оиласи билан суратга тушди  4 13:29Роналдуда антирекорд  11 13:05Уругвайга қарши баҳсда Бразилияда Винисиус ўрнини ким эгаллайди?  0

Evro-2004. Uchar likopchaga qiyoslangan to'p, inglizni pichoqlagan Vadim Abramov, kelishilgan o'yin, qo'lqopsiz penalti qaytargan darvozabon hamda doping bilan turnirning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan futbolchi haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Evro-2004. Uchar likopchaga qiyoslangan to'p, inglizni pichoqlagan Vadim Abramov, kelishilgan o'yin, qo'lqopsiz penalti qaytargan darvozabon hamda doping bilan turnirning eng yaxshi o'yinchisiga aylangan futbolchi haqida hikoya qilamiz

Bundan roppa-rosa 20 yil muqaddam Greciya sensacion tarzda Evropa chempionligini qo'lga kiritgandi.

2004 yilgi Evropa chempionati final bosqichi 12 iyundan 4 iyulga qadar Portugaliya yashil maydonlarida o'tkazildi. Turnirda 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnirda Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Roteiro to'plaridan foydlanildi, biroq koptok ko'pchilikning etiroziga sabab bo'ldi.

"Bu plyajdagi to'pga o'xshaydi, menga umuman yoqmadi. Uni o'zingiz istagan manzilga uzatish uchun qattiq tepishingiz kerak", dedi ispaniyalik Ivan Elgera. Yarim himoyachi Xoakin esa Roteiro'ni voleybol to'piga qiyosladi: "Buni to'p deb atayotganlariga ishonish qiyin. U tez ko'tarilib ketadi va aytganingizni qilmaydi". Germaniyalik sobiq fuibolchi Yurgen Koler esa to'pni uchar likopchakaga o'xshatib, harakat yo'nalishi g'alati ekanligini bildirdi.

Musobaqa kutilmagan natijalarga boy bo'ldi: favorit hisoblangan Germaniya, Ispaniya va Italiya guruh bosqichida qolib ketdi, amaldagi chempion Franciya esa chorak finalda turnirni tark etdi.

"A" guruhining ochilish uchrashuvi shov-shuvlarga sabab bo'ldi, autsayder Greciya mezbon Portugaliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi. Keyinchalik Ispaniya bilan durang o'ynab, Rossiyaga yutqazib qo'ygan greklar chorak finalga yo'l oldi. Ochilish o'yinidagi mag'lubiyatdan so'ng Rossiya va Ispaniyani mag'lub etgan Portugaliya guruh favoritiga aylandi.

"Selta" va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Mostovoy Ispaniyaga qarshi dastlabki o'yindan so'ng intervyu berib, murabbiy Georgiy Yarcevning uslublarini tanqid qildi: "Ular bizni kuniga ikki marta mashq qilishga majbur qilishadi, shu bois oyoqlarimizni zo'rg'a sudrab bosyapmiz". Ikki kundan keyin esa futbolchi jamoadan chetlatiladi.

"B" guruhida amaldagi chempion Franciya ilk turda Angliyani qiyinchilik bilan mag'lub etdi. 90 daqiqaga qadar 0:1 hisobida ortda borayotgan "uchranglilar" Zidanning dubli evaziga zafar quchdi. Keyinchalik Xorvatiya bilan durang va SHveycariya ustidan qozonilgan g'alaba francuzlarga peshqadamlikni taqdim etdi. 

Xorvatiyaga qarshi bahsda Zidanning tovoni bilan uzatgan zargarona pasi ko'pchilik futbol ixlosmandlarining yodidan o'chmagan bo'lsa kerak.


Angliyaning qolgan ikki uchrashuvi yosh yulduz Ueyn Runining o'yinlari bilan esda qoldi. 18 yoshli hujumchi SHveycariya (3:0) va Xorvatiya ustidan qozonilgan g'alabalarda muhim rol o'ynadi.

Franciyaga qarshi birinchi o'yinda inglizlar 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, Runi o'zini yaxshi jihatlarini namoyon eta oldi. 

Ueyn SHveycariyaga qarshi o'yinda (3:0) ikkita gol urdi va EVRO tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi. Biroq to'rt kundan keyin uning rekordini Yoxan Fonlanten yangiladi. Xorvatiyaga qarshi bahsda (4:2) Runi yana dubl qayd etdi.

Afsuski, hujumchi Portugaliya bilan o'yinda oyog'i singanligi sababli 27-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo'ldi va olti haftaga safdan chiqdi.

Angliya avvalgi turnirlarda bo'lgani singari futbolchilaridan ko'ra ishqibozlarining maydon tashqarisidagi xatti-harakatlari bilan ko'proq yodda qoldi. SHu bilan birga, deyarli har kuni bezoriliklar bilan qo'lga olingan inglizlar talofatga ham uchradi. Xorvatiyaga qarshi o'yinning ertasiga “uch sherlar” muxlislaridan biri pichoqlab o'ldirildi. Portugaliya policiyasi jinoyatchini hibsga oldi. Qotil Ukraina fuqarosi, 31 yoshli noqonuniy muhojir Vadim Abramov bo'lib chiqdi. Malumotlarga ko'ra, u inglizni tunamoqchi bo'lgan, biroq maqsadiga etishish uchun qurol ishlatgan.

"C" guruhida SHveciya, Daniya va Italiya o'rtasida murosasiz kurash kechdi. Uch jamoaning o'zaro o'yinarida durang qayd etildi va barchasi Bolgariya ustidan g'alaba qozondi. SHveciya va Daniya 2:2 hisobida durang o'ynab, dastlabki ikkinchi o'rinni egallaganidan so'ng yakunda o'zaro o'yinlarda urilgan gollar soni tufayli Italiya musobaqadan chiqib ketdi. Italiyaliklar SHveciya va Daniyani o'zaro til biriktirganlikda aybladi, chunki ikki jamoa ham 2:2 va undan ko'proq gollar nisbatidagi durang natija ularni pley-offga olib chiqishini yaxshi bilishardi.

Mazkur uchrashuvga oid bahs-munozaralar keyinchalik yanada avj oldi. Italiyaliklar ustozi Jovanni Trapattoni UEFAdan tekshiruv o'tkazishni talab qildi, Janluiji Buffon esa Skandinaviya derbisini "sharmandali" deb atadi. Biroq UEFA ushbu o'yinda hech qanday kelishuv bo'lmaganini malum qildi.

2004 yilning avgustida SHveciyaning "Offside" jurnali tergov boshladi. Nashr vakillari Portu shahrida o'tkazilgan o'yindagi kadrlarni o'rganib chiqdi va ikki jamoa futbolchilarining o'zaro suhbatini lab harakatlari orqali aniqladi. Hozirda futbolchilar gapirgan payti og'zini yopishadi, lekin o'sha paytlarda o'yinchilar bunday ehtiyot choralarini xayoliga ham keltirmasdi. Jurnalistlar kelishuv sodir bo'lgan degan xulosaga kelishdi. Uchrashuvdan oldin shveciyalik himoyachi Erik Edman daniyalik futbolchi Daniel Yensenga: “SHunday qilib, 2:2 o'ynaymizmi?” deb so'ragan. Raqib futbolchisi esa ijobiy javob qaytargan. Jurnalistlar fitna bo'lgan degan xulosaga kelishdi. Uchrashuvdan oldin shveciyalik himoyachi Erik Edman daniyalik futbolchi Daniel Yensenga: “Demak, biz 2:2 o'ynayapmizmi?” deb so'ragan. Yensen "Mayli, faqat sizlar birinchi gol o'tkazib yuborasizlar", deya javob bergan.

Nashrning yozishicha, ikkinchi bo'limda 2:1 hisobida oldinda borayotgan daniyaliklar uchinchi golni urishlari mumkin edi, shveciyalik Anders Andersson hujum qilayotgan raqibi Tomas Gravesenga: “Jin ursin, tinchlan!” deya baqirgan. - Tomas esa: "Ha, lekin sizlar ham hujum qilishingiz kerak", deya javob qaytargan. 

Sorensen va shveciyalik hujumchisi Markus Olbakning munosabati ham shubhali ko'ringan: hakamning hushtagi so'nggi bor chalingandan so'ng, darvozabon raqibini tabriklash uchun yugurdi, hatto uni quchoqlab oldi, Markus esa unga tanbeh berdi: "Qo'yib yubor, qo'yib yubor, uyat". 

Jurnal lab orqali nutni aniqlashdan boshqa muhim dalillar keltirmadi. Bu isbotlanmagan bo'lsa-da, ko'pgina italiyaliklar kelishuv sodir bo'lganiga ishonishadi.


Darvoqe, Italiyaning Daniyaga qarshi o'yinida Franchesko Totti Kristian Poulsen bilan ziddiyatga borib qoldi va uning yuziga tupurdi. Biroq hakam vaziyatni ko'rmay qoldi. Keyinchalik italiyalik futbolchi uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Turnir davomida italiyalik mashhur futbolchi Paolo Di Kanio intervyularidan birida jurnalist bo'lishni xohlashini aytdi: "Siz hovuz bo'yida miriqib dam olishingiz mumkin, biz esa qamoqxonadamiz (terma jamoa lageri nazarda tutilmoqda). Men jurnalist bo'lishni xohlayman. Quyosh, baliq va sharob... Siz yaxshi hayot kechirasiz, men esa belgilangan dastur bo'yicha mashg'ulotlarda qatnashishim kerak".

"D" guruhida CHexiya uch o'yinda ham g'alaba qozondi. CHexlar Latviya (2:1), Niderlandiya (3:2) va Germaniyani 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Niderlandiya ikkinchi o'rinni egallagan holda chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Tog' bag'rida joylashgan "Braga Munisipal" stadionida o'tkazilgan Niderlaniya — Latviya uchrashuvida ham qiziq voqea ro'y berdi. Hujumlarning birida Klarens Zeedorf tomonidan yo'llagan zarba ancha yuqori ko'rinish olib, tog' darasi tomon yo'nalish oldi.

Ushbu vaziyatni tomosha qilish

Angliya va Portugaliya o'rtasidagi dastlabki chorak finalda inglizlar Maykl Ouenning goli evaziga hisobni ochishdi. Elder Poshtiga 83-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Bellashuv oxirlarida Sol Kempbell tomonidan urilgan gol qoidabuzarlik sabab inobatga olinmaydi. Qo'shimcha bo'limlarda jamoalar yana bittadan to'p kiritishdi. Penaltilar seriyasida esa Portugaliya 6:5 hisobida g'alaba qozondi. Qiziq tomoni, mezbonlar posboni Rikardu angliyalik Darius Vassell tomonidan yo'llangan zarbani qo'lqoplarini echgan holda qaytardi hamda hal qiluvchi zarbani o'zi aniq amalga oshirdi.

Yunonlar esa barchani hayratga solishda davom etdi. Mustahkam himoyaviy o'yin hamda Angelos Xaristeasning yagona goli Greciyaga Franciya ustidan g'alaba taqdim etib, yarim final eshiklarini ochdi. Ushbu g'alaba Greciyani bir turnirda ham mezbonlarni, ham amaldagi chempionni mag'lub etgan birinchi jamoaga aylantirdi.

SHveciya va Niderlaniya o'rtasidagi bellashuv keskin kurashlarga boy bo'ldi, biroq hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa niderlandiyaliklar 6:5 hisobida ustun kelishdi.

CHorak finalning so'nggi juftligida CHexiya javobsiz uchta gol evaziga Daniyani ortga jo'natib yubordi.

1/4 final

Portugaliya — Angliya — 2:2, penaltilar seriyasi 6:5

Franciya — Greciya — 0:1

SHveciya — Niderlandiya — 0:0, penaltilar seriyasi 4:5

CHexiya — Daniya — 3:0.

Dastlabki yarim finalda Portugaliya va Niderlandiya o'zaro to'qnash kelishdi. Krishtianu Ronaldu birinchi bo'limda mezbonlarni oldinga olib chiqdi, Rikardu Ribeyru esa hisobni ishonli ko'rinishga keltirdi. Portugallar raqibi uchun ham o'z darvozasiga bitta gol urishdi va 2:1 hisobidagi g'alaba bilan dastlabki finalchiga aylandi.

CHexiya finalda Portugaliyaga raqib bo'lishi mumkin edi. Turnirdagi to'r o'yinda ham g'alaba qozongan va favorit sifatida etirof etilayotgan jamoa buning uchun Greciyani mag'lub etishi kerak edi. O'yin qo'shimcha bo'limlarning birinchisida so'nggi daqiqalarga qadar golsiz ruhda davom etdi, Traianos Dellas g'olibni hakam hushtagi chalinish arafasida boshi bilan darvozaga to'p kiritdi, bu Evropa chempionati tarixidagi dastlabki va yagona "kumush gol" bo'lib qoldi. Bunda qo'shimcha bo'limlarning dastlabkisida tanaffusga qadar gol urgan jamoa g'olib deb topilardi.

CHexiyaning mag'lubiyatga uchrashiga jamoa yulduzi, 2003 yilgi "Oltin to'p" sohibi Pavel Nedvedning 40-daqiqadayoq jarohat olib, maydonni tark etgani asosiy sabablardan biri bo'ldi.

1/2 final

Portugaliya — Niderlandiya — 2:1

Greciya — CHexiya — 1:0, "kumush gol".

Finalda ochilish uchrashuvida maydonga tushgan jamoalar to'qnash kelishdi. Portugaliya mazkur bellashuvda revansh olishga bel bog'lagandi. Mezbonlar hujumlar tashkil qilish va to'p nazoratida ustunlik qilishi, biroq Greciyaning mustahkam himoyasi va darvozabonning ishonchli harakatlari tablodagi hisobning o'zgarishiga yo'l qo'ymadi. 57-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Angelos Xaristeas "qizillar" darvozasiga joylab qo'ydi va uning yagona goli Greciyaga qita chempionligini tuhfa etdi.

Evropa chempionati-2004. Final

Portugaliya – Greciya – 0:1 (0:0)

4 iyul, 2004 yil. Lissabon. "Da Lush" stadioni. 62 865 tomoshabin.

Hakamlar: M.Merk, YA.Zalver, K.SHreer (vse – Germaniya).

Gol: Angelos Xaristeas (57).

Portugaliya: Rikardu, Jorji Andradi, Migel (Paulu Ferreyra, 43), Rikardu Karvalyu, Nunu Valenta, Koshtinya (Ruy Koshta, 60), Manishe, Ronaldu, Figu (sardor), Deku, Pauleta (Nunu Gomish, 74).

Greciya: Nikopolidis, Seytaridis, Dellas, Basinas, Zagorakis (sardor), Yannakopulos (Venetidis, 76), Fissas, Vrizas (Papadopulos, 81), Kapsis, Kacuranis, Xaristeas.

Ogohlantirishlar: Koshtinya, Nunu Valenti, Basinas, Seytaridis, Fissas, Papadopulos.


"Biz yunon xalqiga butun umri davomida g'ururlanib yursa arziydigan muvaffaqiyat taqdim etdik", dedi o'yindan so'ng Greciya sardori Teodoros Zagorakis.

Bellashuvdagi yana bir esda qolarli holat, asosiy vaqt tugashiga 5 daqiqa qolganida nomalum muxlis maydonga yugurib chiqib, Figuga qarata "Barselona" bayrog'ini uloqtirdi va Greciya posboni qo'riqlayotgan darvoza ichiga yo'l oldi.

Qiziq tomoni, Greciyaning pley-off bosqichidagi g'alabalari bir xil scenariy asosida kechdi: o'ng qanotdan uzatma, bosh bilan zarba, gol va 1:0 hisobidagi g'alaba. Portugaliya esa Evropa chempionati finalida mag'lub bo'lgan ilk mezbon davlat bo'ldi.

Musobaqa avvalida autsayder sifatida etirof etilgan hamda saralash o'yinlarini ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshlagan greciyaliklarning o'zlari ham turnir so'ngiga qadar etib borishni xayoliga keltirmagan bo'lsa kerak. Hatto jamoaning chap qanot himoyachisi Takis Fissas to'yining sanasini 9 iyul, Evropa chempionatidan 5 kun keyinga belgilab qo'ygandi.

Lissabonga jo'nab ketishdan avval bosh murabbiy Otto Rexagel shunday fikr bildirgan: "Maqsadimiz — turnirda yaxshi ishtirok etish. Agar ochko qo'lga kiritsak, xursand bo'lamiz. Gol ursak ham biz uchun ijobiy natija bo'ladi".

Germaniyalik mutaxassis tarixda boshqa mamlakat terma jamoasi bilan Evropa chempionatida g'olib chiqqan dastlabki murabbiyga aylandi. “Verder”ning sobiq ustozi o'rtamiyona jamoaning Evropa chempioni bo'lishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi. Qirol Otto Greciyani EVRO-2008 va JCH-2010'ning final bosqichiga olib chiqdi, biroq Janubiy Afrikadagi jahon chempionatidan keyin o'z lavozimini tark etdi. Bu vaqtda u 72 yoshni qarshi olish arafasida edi.

Rexagelni bejizga "qirol" deb atashmasdi. Mutaxassis "Verder" bilan ikki karra Bundesligada g'olib chiqdi. Keyinchalik ikkinchi divizionda qatnashayotgan "Kayzerslautern" bilan asosiy divizionga yo'l olib, o'sha mavsumdayoq Germaniya chempionligini qo'lga kiritgandi.

Rexagelning o'ziga xos taktik ishlanmalari yo'q edi. U tartib-intizomni va jamoaviy o'yinni shakllantira olgani bilan tahsinga sazovor bo'ldi.

CHexiya terma jamoasi hujumchisi Milan Barosh 5 ta gol bilan musobaqa to'purari bo'ldi. Greciya terma jamoasi sardori Teodoros Zagorakis esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Qizig'i, turnir boshlanishidan 8 kun avval UEFA tomonidan tekshiruv natijasida Zagorakisda doping aniqlangandi. Uning tanasi katta miqdordagi testosteron borligi tasdiqlandi. Bu tibbiy jihatdan isbotlanishi kerak edi. Bunga darhol shifokorlar safarbar qilindi va ular futbolchining tanasida topilgan yuqori testosteron tabiiy ravishda ishlab chiqarilganligini isbotladilar.

SHu tariqa, Zagorakis nafaqat normal o'yin namoyish etdi, balki butun turnir davomida hal qiluvchi rol o'ynadi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'z mamlakatida chempionlikni nishonlashga hozirlik ko'rgan Greciya terma jamoasi avtobusiga o'zgacha shior yozdirdi: "Qadimgi Yunonistonda 12 ta Xudo bo'lgan, zamonaviy Greciyada esa 11 ta".

Ramziy jamoa: Petr CHex (CHexiya), Trayanos Dellas (Greciya), Rikardu Karvalyu (Portugaliya), Yurkas Seytaridis (Greciya), Janluka Zambrotta (Italiya), Manishe (Portugaliya), Pavel Nedved (CHexiya), Teodoros Zagorakis (Greciya), Milan Barosh (CHexiya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Ueyn Runi (Angliya).


Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi — futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz

Stadiondagi ur-to'polon, gaz ishlatgan policiya hamda Rim Papasining bashorati — janjallar girdobidagi mamlakat mezbonligida o'tgan Evropa chempionatini yodga olamiz  

Evro-1984. Bir taymda 9 gol urgan Ispaniya, Zidanga "kalla qo'yishni" o'rgatgan francuz hamda Konfuciy hikmatini aytib, chempionlikdan so'ng bosh murabbiylikdan ketgan mezbonlar ustozi haqida hikoya qilamiz

Evro-1988. Mukofot puli tufayli boykotga uchragan Portugaliya, singan shishadan boshi yorilgan darvozabon, raqib libosini hojatxona qog'oziga qiyoslagan Kuman hamda chempionlik paradi fojiaga aylangan niderlandlar haqida hikoya qilamiz

Evro-1992. O'yin vaqti maydonda portlagan bomba, "oy"dan kelgan mamlakat, Betxoven musiqasini madhiyaga aylantirgan bayroqsiz jamoa hamda saralashdan o'ta olmay, butun mamlakat yomon ko'radigan murabbiy bilan g'olib chiqqan chempion haqida hikoya qilamiz

Evro-1996. Manchesterdagi terakt, alkash inglizlar, avariyaga uchragan Zidan, qiz tufayli buzilgan do'stlik, jarohat olgan hakam hamda chempionni aniqlagan "Oltin gol" haqida hikoya qilamiz 

Evro-2000. Qamoqdagilar uchun tatil, aka-ukalar turniri, yosh Katanec va uning jamoasiga gol urgan O'zbekistonning sobiq murabbiyi, maydon chetida qilingan operaciya hamda burni singan francuzning chempionligi haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
04 iyu 09:35:15
Касимов
Эх уша дамлар кечагидай ёдимда бир паста 20 йил утибди зур мусобака булганди
   
04 iyu 08:43:24
Ilhom Xo'janiyozov
Хаммаси булиши мумкину, лекин В.Абрамовдан бунакасини кутмагандим))) Коп-котта одам)))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика