Evro-2000. Qamoqdagilar uchun tatil, aka-ukalar turniri, yosh Katanec va uning jamoasiga gol urgan O'zbekistonning sobiq murabbiyi, maydon chetida qilingan operaciya hamda burni singan francuzning chempionligi haqida hikoya qilamiz
24 iyu 03:06
Yangiliklar
Evro-2000. Qamoqdagilar uchun tatil, aka-ukalar turniri, yosh Katanec va uning jamoasiga gol urgan O'zbekistonning sobiq murabbiyi, maydon chetida qilingan operaciya hamda burni singan francuzning chempionligi haqida hikoya qilamiz
2000 yilgi Evropa chempionati final bosqichi 10 iyundan 2 iyulga qadar Belgiya va Niderlandiya yashil maydonlarida o'tkazildi. Mazkur turnirda ilk marotaba mezbon mamlakatlar soni bittadan ortiq ekanligi bilan tarix zarvaraqlaridan o'rin oldi.
Musobaqa gollarga boy bo'lgani bilan yanada jozibalik o'krinish oldi, har bir uchrashuvda o'rtacha 2,74 ta gol urildi. 31 bellashuvning atigi uchtasida hisob ochilmadi.
Evro-2000 "o'nlik"lar bahsi sifatida yodda qoldi. Ko'pgina jamoalarda shu raqam bilan eslanadigan yulduzlar ajoyib formada edi. Unutilmas nomlar orasida Franchesko Totti, Alessandro Del Pero, Dennis Bergkamp, Luish Figu, Ruy Koshta, George Xaji, Dragan Stoykovich, Zlatko Zlaxovich va eng asosiysi, Zinedin Zidan bor edi.
Evro-2000'da Adidas Terrestra to'plaridan foydalanildi, uning taqdimotida Zinedin Zidan va Edvin Van Der Sar ishtirok etdi.
Turnirning eng katta syurprizlaridan biri Portugaliya bo'ldi, jamoa "A" guruhining uchala o'yinida ham g'alaba qozondi, shu jumladan, amaldagi chempion Germaniyaga qarshi bahsda Serjiu Konseysauning xet-trigi evaziga 3:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu bilan birga, Angliyaga qarshi bellashuvda 0:2 hisobida ortda bora turib, ketma-ket uchta to'p kiritishni uddaladi. Portugallarga minimal hisobda yutqazgan Ruminiya guruhdagi so'nggi turda inglizlarni mag'lub etib, ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.
Amaldagi qita chempioni Germaniyada ichki muhit yaxshi emasdi. Turnir avvalida Birxoffning jarohati tufayli bog'ich uchun kurash boshlanadi. Uning ustiga, murabbiy Erix Ribbekning futbolchilari bilan munosabati yaxshi emasdi. Dastlabki muvaffaqiyatsizliklardan so'ng o'yinchilar murabbiyni almashtirishni ham so'rashdi. Nomzodlar qatorida "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger ham bor edi, biroq franciyalik mutaxassis taklifni rad etdi.
Ingliz ishqibozlari avvalgi turnirlar singari yana bezoriliklar bilan diqqat markazida bo'ldi. Belgiya policiyasi Angliya va Germaniya o'yini oldidan Bryusselda yuz bergan to'qnashuvdan so'ng 174 nafar angliyalik muxlisni hibsga oldi.
Bryusseldagi notinchliklar shahar markazi Grand Pleysdan bir necha yuz metr uzoqlikdagi Place de la Boursedagi Irlandiya barini policiya yopib qo'yganidan so'ng boshlangani taxmin qilinmoqda.
Ichkarida to'siq o'rnatgan, qo'shiq aytayotgan va policiyaga stul va pivo idishlarini uloqtirgan angliyalik muxlislarni quvib chiqarish uchun policiya ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo'lgan.
UEFA hatto ingliz "bezorilari" tomonidan sodir etilgan zo'ravonlik davom etsa, Angliyani Evro-2000dan chetlatish bilan tahdid qildi.
Belgiyada inglizlardan tashqari mahalliy va boshqa mamlakat muxlislari o'rtasida isyonlar shu darajada ko'paya boshladiki, hatto hukumat qamoqxonalarda bir necha yillardan beri jazo o'tayotgan mingga yaqin mahbusga Evropa chempionati paytida tartibsizliklar keltirib chiqaradigan "bezorilar" uchun kameralarda etarli joy qoldirish uchun nazorat ostida "tatil" berishga tayyorligini malum qildi.
"A" guruhi
Germaniya - Ruminiya 1:1 (SHoll, 28 - Moldovan, 5)
Portugaliya - Angliya - 3:2 (Figu, 22, Pintu, 37, Nunu Gomesh, 59 - Skoulz, 3. Makmanaman, 18)
Ruminiya - Portugaliya 0:1 (Koshtinya, 90)
Angliya - Rumyniya - 2:3 (SHirer, 41, penalti, Ouen, 45 - Kivu, 22, Muntyanu, 48, Ganya, 89, penalti)
Angliya - Germaniya 1:0 (SHirer, 53)
Portugaliya - Germaniya 3:0 (Konseysao, 35, 54, 71)
"B" guruhida Italiya va Turkiya pley-off ishtirokchisiga aylandi. Favoritlardan etirof etilgan SHveciya esa hatto Belgiyaga ham imkoniyatni boy berib, oxirgi o'rinda qolib ketdi.
"B" guruhi
Belgiya - SHveciya 2:1 (Goor, 43, Mpenza, 46 - Myallbyu, 53)
Turkiya - Italiya 1:2 (Okan, 62 - Konte, 52, Indzagi, 70, penalti)
Italiya - Belgiya 2:0 (Totti, 6, Fore, 66)
SHveciya - Turkiya 0:0
Turkiya - Belgiya 2:0 (Hoqon SHukur, 45, 70)
Italiya - SHveciya 2:1 (Di Byajo, 39, Del Pero, 88 - Larsson, 77)
"C" guruhi etakchiligi uchun so'nggi turda Ispaniya va Yugoslaviya qizg'in kurash olib bordi. Yugoslaviya 90 daqiqaga qadar 3:2 hisobida oldinda borayotgandi, biroq "qizil furiya" ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 4 va 5-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, g'alaba va peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Ilk turda ispanlarni mag'lub etishni uddalagan Norvegiyaga bu muvaffaqiyat kamlik qildi.
Etiborlisi, Norvegiyaga qarshi bahsning 88-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan yugoslaviyalik Mateya Kejman 30 soniya ichida qizil kartochka olib, o'ziga xos rekord o'rnatdi.
Sloveniyani esa 37 yoshli murabbiy, hozirda O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqarayotgan Srechko Katanec Evropa chempionatiga olib chiqdi. Jamoa pley-off bosqichida ikki o'yin natijasiga ko'ra Ukrainani 3:2 hisobida mag'lub etdi. 1999 yil 17 noyabrdagi Ukrainadagi qorli maydondagi uchrashuvdan so'ng (1:1) yosh mutaxassis mahalliy telekanalga intervyu berdi.
Bugun ajoyib o'yin namoyish etgan futbolchilar uchun shlyapamni yuqoriga irg'itaman, ular o'zlari amalga oshirish kerak bo'lgan o'yinni namoyish etishdi. Bu fenomal natija.
Biz Evropa chempionatida ishtirok etishga munosibmiz. Bizning darvozamiz tomn noto'g'ri penalti belgilandi. Bundan vaziyat uchun 11 metrli nuqtaga ishora qilish kulgili holat hisoblanadi. Mayli, keling, yaxshisi, ijobiy jihatlarga etibor qarataylik. Biz Evropa chempionatiga yo'l oldik. Bunday musobaqaga yo'l olish qanchalik qiyin ekanligini yaxshi bilaman. Yigitlar esa musobaqaga loyiq ekanligini isbotlashdi.
Endi bayram qilamiz, keyinchalik biroz dam olamiz. Ehtimol, bugungi tun eng uzog'i bo'ladi. Sloveniya terma jamoasi bilan sodir bo'lgan voqea har kuni sodir bo'lmaydi. Rojdestvo yaqinlashmoqda. Barchaga bayram muborak bo'lsin.
Katanec Evro startidan avvalgi matbuot anjumanida ham jamoasi autsayder sifatida ko'rilayotganiga qaramay, musobaqaga shunchaki tashrif buyurmaganini aytib o'tdi:
"Biz ochko ulashuvchi jamoa bo'lmoqchi emasmiz. Ko'pchilik bizga autsayder sifatida qarashmoqda. Unutmang, biz saralash bosqichidan o'tishni uddaladik. Biz tarix yaratdik, endi yangi vazifalar sari intilishimz kerak.
Keling, vaziyatga real qaraylik, Sloveniyada yuqori saviyada o'ynay oladigan 20 nafar futbolchi yo'q. Bizni zaxirasi asosiy tarkib singari kuchli bo'lgan Ispaniya bilan taqqoslab bo'lmaydi. Bazi futbolchilarimiz o'z klublarida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lishadi yoki deyarli maydonga tushishmaydi. Biroq bu bilan ularni kuchli emasligi sababli deb o'ylamayman.
Biz, odatda, faqat televizorda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lgan Evropaning yulduz futbolchilariga qarshi o'ynaymiz.
Raqiblarimizdan farqli o'laroq, bizning yo'qotadigan hech narsamiz yo'q".
Sloveniya turnirni hayratlanarli tarzda boshladi. Yugoslaviyaga qarshi o'yinning 67-daqiqasiga qadar jamoa 3:0 hisobida oldinda borayotgandi, biroq ular 7 daqiqa ichida o'z darvozasidan uchta to'p o'tkazib yuborishdi. Ustiga-ustak bir kishi kam bo'lib qolgan Yugoslaviya safida gollardan biriga O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich mualliflik qildi, shuningdek, golli uzatma ham amalga oshirdi.
Ikkinchi o'yinda ispanlar bilan ham tengma-ket kurash olib borgan bolqonliklar 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. So'nggi turda Norvegiya bilan durang o'ynagan Sloveniya 2 ochko bilan kifoyalandi.
"S" guruhi
Ispaniya - Norvegiya 0:1 (Iversen, 65)
Yugoslaviya - Sloveniya 3:3 (Miloshevich, 67, 70, Drulovich, 73 - Zaxovich, 23, 57, Pavlin, 52)
Sloveniya - Ispaniya 1:2 (Zaxovich, 59 - Raul, 4, Etcheverriya, 60)
Norvegiya - Yugoslaviya 0:1 (Miloshevich, 8)
Yugoslaviya - Ispaniya 3:4 (Miloshevich, 30, Goverdarica, 50, Komlenovich, 75 - Alfonso, 38, 90+4, Munitis, 51, Mendeta, 90, penalti)
Sloveniya - Norvegiya 0:0
"D" guruhida favorit sifatida etirof etilayotgan Niderlandiya peshqadamga aylandi. Frank Raykard shogirdlari amaldagi jahon chempioni Franciyani ham mag'lub etishni uddaladi. Francuzlar guruhda ikkinchi bo'lishga bo'lsa, CHexiya va Daniya musobaqa bilan xayrlashdi.
Dastlabki tur doirasida CHexiyaga qarshi o'yinda Yan Koller bilan to'p uchun havodagi kurashda niderlandiyalik futbolchi Yap Stamning qoshi yoriladi. Jarrohlik amaliyoti esa maydon chetida amalga oshiriladi.
"D" guruhi
Franciya - Daniya 3:0 (Blan, 16, Anri, 64, Viltor, 90)
Niderlandiya - CHexiya 1:0 (F. de Bur, 89, penalti)
CHexiya - Franciya 1:2 (Poborski, 35, penalti - Anri, 7, Jorkaeff, 60)
Daniya - Niderlandiya 0:3 (Klyuyvert, 57, R. de Bur, 66, Zenden, 77)
Daniya - CHexiya 0:2 (SHmicer, 64, 67)
Franciya - Niderlandiya 2:3 (Dyugarri, 8, Trezege, 31 - Klyuyvert, 14, F. de Bur, 51, Zenden, 59)
CHorak finalning dastlabki o'yinida Portugaliya Nunu Gomeshning dubli evaziga Turkiyani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Italiya esa shu hisobda Ruminiyani dog'da qoldirdi.
Uchrashuv ikkinchi bo'limda besh daqiqa ichida ikkita ogohlantirish olishga muvaffaq bo'lgan George Xajining asabiyligi bilan ko'proq esda qoldi. Birinchisi Antonio Kontega nisbatan qo'pol o'yin uchun, ikkinchisi simulyaciya uchun. Afsonaviy ruminiyalik forvardning faoliyati yakunlanayotgandi...
"Uchar niderlandlar" Yugoslaviyani 6:1 hisobida tor-mor etgan bo'lsa, Franciya Ispaniyani 2:1 hisobida engdi. Mazkur bahsning so'nggi daqiqalarida Raul Gonsales 11 metrli jarima zarbasidan aniq zarba yo'llay olmadi.
Uchrashuvda Franciya terma jamoasi hujumchisi Kristof Dyugarrining burni sindi, biroq u uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi. Keyinchalik ham bu shikastlanish unga deyarli tasir o'tkazmadi, u hatto finalda asosiy tarkibda maydonga tushib, chempionlikka hissa qo'shdi.
1/4 final
Turkiya - Portugaliya 0:2 (Nunu Gomesh, 44, 56)
Italiya - Ruminiya 2:0 (Totti, 33, Indzagi, 43)
Niderlandiya - Yugoslaviya 6:1 (Klyuyvert, 24, 38, 54, Govedarica, 51, avtogol, Overmars, 78, 90 - Miloshevich, 91)
Ispaniya - Franciya 1:2 (Mendeta, 38, s penalti - Zidan, 32, Jorkaeff, 44)
Yarim finalda Franciya Zidanning qo'shimcha bo'limlarda penaltidan urgan "oltin gol"i evaziga Portugaliyani mag'lub etdi.
Uchrashuvda janjal yuz berdi. Bellashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan, jamoalar qo'shimcha bo'limlarda harakat qilayotgani. O'yin yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda, avstriyalik hakam Gyunter Benko Portugaliya darvozasi tomon penalti belgilaydi. Dastlab hakam qoida buzilganini ko'rmay qoldi, biroq slovakiyalik yon hakam Igor SHramka to'p Abel Xaverning qo'liga tekkanini malum qildi. SHundan so'ng norozilik kelib chiqdi. Nunu Gomesh so'nggi lahzagacha hakamlar bilan bahslashdi, Luish Figu futbolkasini echib, maydonni tark etdi, lekin baribir qaytdi... Zidan o'sha penaltini golga aylantirib, Franciyani finalga olib chiqqan "oltin" golni urdi.
Uchrashuvdan keyin yon hakam SHramkaning harakatlaridan norozi bo'lgan portugaliyaliklar bosh murabbiy Paulu Bentu uning yuziga tupurdi va buning uchun olti oyga diskvalifikaciya qilindi. CHempionat yakunida asosiy kashfiyot sifatida etirof etilgan Portugaliya terma jamoasi munosib tarzda musobaqa bilan xayrlasha olmadi.
Italiya va Niderlandiya o'rtasidagi uchrashuvda esa hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasi italiyaliklar 3:1 hisobida ustun keldi.
Mazkur uchrashuvida birinchi bo'limdayoq bir kishi kam bo'lib qolgan Italiya terma jamoasi darvozaboni Franchesko Toldo asosiy qahramonga aylanib, uchta penaltini qaytardi. U asosiy vaqtda bitta zarbani qaytardi, keyin esa penaltilar seriyasida ikki marta jamoasini qutqarib qoldi. Qizig'i, Toldo Evro-2000 bir hafta qolganida Norvegiyaga qarshi nazorat o'yinida qo'lini sindirib olgan Janluiji Buffon o'rniga musobaqaga tashrif buyurgandi.
SHu tariqa, engilmas sifatida ko'rilayotgan va finalda guruh bosqichida mag'lub etilgan Franciya bilan to'qnash kelishi kutilayotgan Niderlandiya 3-o'rin bilan kifoyalandi.
1/2 final
Franciya - Portugaliya 2:1 (Anri, 51, Zidan, 117, penalti - Nunu Gomesh, 19)
Italiya - Niderlandiya 0:0 (3:1 - penaltilar bo'yicha)
Turnirning hal qiluvchi uchrashuvida Franciya va Italiya to'qnash keldi. Italiyaliklar bellashuv so'ngiga qadar hisobda oldinda borayotgandi va go'yoki kubok uchun juda yaqin edi. Biroq hakam tomonidan ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 4-daqiqada Silven Viltor muvozanatni tikladi. Qo'shimqa bo'limlarda esa David Trezege raqib darvozasini ishg'ol qilib, "Oltin gol" qoidasi bo'yicha g'alaba golini urdi va francuzlarga qita chempionligini hadya etdi.
Evropa chempionati – 2000. Final
Franciya – Italiya – 2:1 (0:0, 1:1, 1:0), "oltin gol"
2 iyul, 2000 yil. Rotterdam. "De Kyoyp" stadioni. 50 000 tomoshabin.
Franciya: Bartez, Lizarazu (Pires, 86), Blan, Desayi, Tyuram, Vieyra, Jorkaeff (Trezege, 76), Desham (sardor), Zidan, Dyugarri (Viltor, 58), Anri.
Italiya: Toldo, Maldini (sardor), Nesta, Kannavaro, Yuliano, Pessotto, Di Byajo (Ambrozini, 66), Fore (Del Pero, 53), Albertini, Totti, Delvekko (Montella, 86).
Gollar: 0:1 Delvekko (55), 1:1 Vilttor (90+4), 2:1 Trezege (103 "oltin gol").
Ogohlantirishlar: Tyuram, Di Byadjo, Kannavaro, Totti.
SHu bilan birga, Roje Lemerr qo'l ostidagi Franciya amaldagi jahon chempioni sifatida Evropa chempionatida g'olib chiqqan dastlabki jamoaga aylandi. Etti nafar futbolchi har ikki turnir finalida dastlabki daqiqalardan boshlab to'p tepdi.
Patrik Klyuyvert (Niderlandiya) va Savo Miloshevich (Yugoslaviya) 5 tadan gol urib, musobaqa to'purariga aylandi.
Franciya terma jamoasi etakchisi, kuni kecha 52 yoshni qarshilagan Zinedin Zidan esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ramziy jamoa
Darvozabonlar – F.Toldo (Italiya), F.Bartez (Franciya);
Himoyachilar – L.Blan, M.Desayi, L.Tyuram (barchasi – Franciya), A.Nesta, F.Kannavaro, P.Maldini (barchasi – Italiya), F. De Bur (Niderlandiya);
Yarim himoyachilar – P.Vieyra, Z.Zidan (ikkalasi ham – Franciya), Luish Figu, Ruy Koshta (ikkalasi ham — Portugaliya), Xosep Gvardola (Ispaniya), D.Albertini (Italiya), E.Davids (Niderlandiya);
Hujumchilar – T.Anri (Franciya), P.Klyoyvert (Niderlandiya), Nunu Gomesh (Portugaliya), Raul (Ispaniya), F.Totti (Italiya), S.Miloshevich (Yugoslaviya).
Qiziq tomoni, final bosqichida to'rt nafar aka-uka ishtirok etdi: Geri va Fil Nevill (Angliya), Frank va Ronald de Bur (Niderlandiya), Patrik va Daniel Andersson (SHveciya) hamda Emil va Mbo Mpenza (Belgiya).
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan Germaniya bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha global dasturni ishga tushirdi va o'n yil davomida unga 600 million evro sarmoya kiritdi - ushbu tizim asosida tahsil olgan futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari nemislarga shohsupaga qaytarib, 2014 yil jahon chempioni bo'lishdi.
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
Fikrlar