So’nggi yangiliklar

03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  7 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  4 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Садд" билан дуранг ўйнаган "Ал Ҳилол" плей-офф йўлланмасини нақд қилди. "Ал Насср" ҳам кейинги босқични кафолатлади  3 00:50ЕЧЛ. "Милан" ва "Атлетико" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:35ЦСКА "Рубин"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Россия кубоги ярим финалига йўл олди. Файзуллаевдан гол!  14 23:45Жуд Беллингем: "Олтин тўп" "Реал Мадрид"га келиши керак эди"  6 23:05Расман: Хавьер Маскерано "Интер Майами" бош мураббийига айланди  15 22:19Cуперлиганинг охирги турида учта ўйинда ВАР ишлайди. Қолган учрашувларга қўшимча ёрдамчи ҳакам бириктирилади  7 21:25ПСЖ нега айнан Ҳусановга қизиқиб қолди? Foot Mercato нашри Абдуқодирга Париж клубидан бўлган қизиқиш тафсилотларини маълум қилди  16 20:29Рўзиқул Бердиев: "Рақиб маҳоратли ўйинчиларга эга жамоа, аммо биз кўпроқ ўз ўйинимизга эътибор беришимиз зарур"  10 19:45Небойша Йовович: "Муҳими ўйинга бўлган тайёргарлик ва ғалабага бўлган ишонч"  3 18:57Нкунку "Челси"дан Бундеслигага қайтиши мумкин  0 18:33Жоржиньо ёзда "Арсенал"дан кетади  0 18:11"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0

Evro-1996. Manchesterdagi terakt, alkash inglizlar, avariyaga uchragan Zidan, qiz tufayli buzilgan do'stlik, jarohat olgan hakam hamda chempionni aniqlagan "Oltin gol" haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Evro-1996. Manchesterdagi terakt, alkash inglizlar, avariyaga uchragan Zidan, qiz tufayli buzilgan do'stlik, jarohat olgan hakam hamda chempionni aniqlagan "Oltin gol" haqida hikoya qilamiz

Evropa chempionati tarixiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

1996 yilgi Evropa chempionati final bosqichi 8–30 iyun kunlari Angliya yashil maydonlarida o'tkazildi. Mazkur turnirda ilk marotaba 16 jamoa ishtirok etdi. UEFAning ishtirokchilar sonini oshirish qaroriga SSSR va Yugoslaviyaning parchalanishidan so'ng tashkilotga azo mamlakatlar sonining ko'payishi sabab bo'ldi.


SHuningdek, mazkur musobaqadan boshlab, guruh bosqichidagi g'alaba uchun avvalgi ikki ochkolik tizimdan farqli o'laroq, 3 ochko beriladigan bo'ldi. Qolaversa, ochkolar teng bo'lgan taqdirda, avvalo, to'plar nisbati emas, balki o'zaro o'yinlardagi gollar soni hisobga olinadigan bo'ldi. Yana bir qo'shimcha, musobaqada uchta o'zgarish amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, turnirda "Oltin gol" qoidasi qo'llanildi, bunda asosiy vaqtda g'olib aniqlanmagan taqdirda, qo'shimcha bo'limlarda birinchi bo'lib gol urgan jamoaga g'alaba taqdim etilgan.

Kengaytirilgan formatdagi final bosqichida Bolgariya, SHveycariya va Turkiya debyutini o'tkazdi. SHu bilan birga, SSSR va Yugoslovakiya parchalangach, Xorvatiya, CHexiya va Rossiya terma jamoalari ilk marotaba ko'rinish berdi.

Turnirda Adidas Questra to'plaridan foydlanildi. Mashhur kompaniya mahsuloti bo'lishiga qaramay, Xorvatiya va Daniya o'rtasidagi bahsda hakam to'rt marotaba to'pni almashtirgan.

"A" guruhida Angliya etakchilikni qo'lga kiritdi. Inglizlar ilk o'yinda SHveycariya bilan durang o'ynaganiga qaramay, SHotlandiya va Niderlandiyani yirik hisobda mag'lub etdi. Niderlandiya guruhda ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, SHotlandiya va SHveycariya guruhda qolib ketdi.

Turnir avvalida inglizlar mahalliy matbuotda jiddiy tanqidlarga uchradi. "Tish shifokori kursisi" deb nomlangan voqea quyidagicha edi.

Mezbon Angliya terma jamoasi Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida SHarqiy Osiyoga turne uyushtirdi. Inglizlar Pekinda Xitoyga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Jamoa qaytish arafasida Gonkongda edi va bazadagilar ko'ngilxushlik qilishni istab qoldi. Bazm-u jamshid shu darajaga etdiki, o'yinchilar o'z futbolkalarini yirtib tashlashdi. Kimdir boshqa xonadan tish shifokori bemorlari uchun mo'ljallangan kursi topib keldi. Yigitlar birin-ketin unga o'tirdi, boshqalari "bemorni davolashdi".

Tez orada Britaniya gazetalari bu haqda yozib chiqdi: "Mana bu masxarabozlarga qarang, ular kelasi hafta start oladigan Evropa chempionatida Angliya sharafini himoya qilishadi".

SHotlandiyaga qarshi bahsda Pol Gaskoynning golini angliyaliklar "tish shifokori kursisi" uslubida nishonlaydi. Gol muallifi erga yotadi, jamoadoshlari esa unga suv quyishadi.

Niderlandiya Angliyaga juda kuchli tarkib bilan etib keldi. Murabbiy Xiddink jamoasining asosiy tayanchi bo'lgan "Ayaks" klubi ketma-ket ikki yil davomida CHempionlar ligasi finaliga chiqdi. Ammo Angliyada kelishmovchilikni sodir bo'lib, jamoaning turnirdan muddatidan oldin chiqib ketishiga sabab bo'ldi.

Edgar Davids o'zining qizishqon xarakteri bilan mashhur edi va har doim ham jim turishni bilmasdi. Niderlandiya terma jamoasidagi debyutidan beri u jamoaning ajralmas qismiga aylandi va "pitbul" Evropa chempionatida Gus Xiddink uchun asosiy qurol edi.

Ammo SHotlandiyaga qarshi nursiz durangdan keyin kiyinish xonasida irqiy mojaro kelib chiqdi va janjal boshlandi. Jamoa ikki lagerga - qora va oq tanlilarga bo'lingandi. O'yinchilar hatto alohida guruh bo'lib ovqatlanishga borishdi. Kelib chiqishi surinamlik bo'lgan Edgar Davids Xiddinkni qora tanli o'yinchilarga etibor qaratmasdan, ularga asosiy tarkibdan joy bermaganlikda aybladi:

"Xiddink o'z boshini bazi o'yinchilarning ketiga bekitib yurishni bas qilishi kerak".

Bunday intervyudan so'ng Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyining Davidsni terma jamoadan chetlatishdan boshqa chorasi qolmadi. Terma jamoaning qora tanli futbolchilariga bu yoqmadi va jamoa yana ikkiga bo'lindi. Klarens Zeedorf o'z his-tuyg'ularini jilovlay olmadi va shveycariyaliklarga qarshi o'yinning dastlabki daqiqalaridanoq atayin qo'pollik ishlatdi – Xiddink hatto birinchi bo'lim o'rtalarida uni o'zgartirishga majbur bo'ldi.

Natijada, "apelsinlar" shotlandlarga nisbatan urilgan gollar soni ko'proq bo'lgani evazigagina qiyinchilik bilan pley-offga yo'l olishdi va chorak finalning penaltilar seriyasiga qadar etib borishdi. Francuzlar esa ularga shafqat qilmadi.

"B" guruhida Franciya va Ispaniya chorak finalga yo'l oldi. Bolgariya va Ruminiya musobaqa bilan xayrlashdi. 

Evropa chempionati boshlanishidan bir oy muqaddam Franciya terma jamoasining hali 24 yoshni qarshi olmagan navqiron va istedodli futbolchisi Zayniddin Zidan boshqa mashina bilan to'qnashuv oqibatida avtofalokatga uchraydi va bosh qismidan jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. SHunga qaramay, u "uch ranglilar" bilan qita birinchiligida ishtirok etdi.

Evropa chempionati oldidan Ruminiya terma jamoasi futbolchilari orasida kelishmovchilik sodir bo'ldi. PSV himoyachisi George Popesku do'sti va jamoadoshi George Krayovyanuning uylanish arafasida turgan qizi bilan ishqiy munosabatga kirishadi. Natijada ikki do'st o'rtasiga sovuqchilik tushib, oqibatda alamzada Krayovyanu qita birinchiligida ishtirok etmaydi. Popesku yangi sevgilisiga uylanadi, biroq ular 2002 yilda ajrashadi.

Mazkur guruh doirasida Franciya va Bolgariya uchrashuvining 28-daqiqasida irlandiyalik bosh hakam Dermot Gallaxer jarohat oldi va uning o'rnini angliyalik arbitr Pol Derkin egalladi.

Bolgariya futboli afsonasi Xristo Stoichkov saralash bosqichi doirasida Gruziyaga qarshi saralash bosqichining mehmondagi o'yinida yoqimsiz harakat amalga oshirdi. Jamoasi 1:2 hisobida yutqazayotgan paytda Xristo vaqtida to'pni uzatmadi deb hisoblab, to'plarni uzatib turayotgan bolboylardan birining yuziga tupurdi. Keyingi hujumda to'p maydonni tark etganida, gruzin mag'rur holatda teskari o'girildi, Stoichkov esa reklama banneri ortidan o'zi yugurgancha, to'pni olib kelishga majbur bo'ldi.

"C" guruhida Germaniya va CHexiya keyingi bosqichga chiqdi. Italiya va Rossiyaga omad kulib boqmadi.

Angliyaga jo'nab ketishdan oldin ham, Rossiya futbol ittifoqi va futbolchilar o'rtasidagi moliyaviy kelishmovchiliklar haqidagi malumotlar ommaviy axborot vositalariga tarqala boshladi. Italiyaliklar bilan o'yindan bir kun oldin Kiryakov RFI vice-prezidenti Tukmanovga murojaat qilib, moliyaviy shartlar bajarilmasa, jamoa ichida g'alayon chiqishini aytdi. Bunga Romancev shunday javob qaytardi: "Agar siz shartnomalarda imzolagan shartlar bo'yicha o'ynashni xohlamasangiz, uyingizga qaytishingiz mumkin. Agar bizda 11 kishi qolsa — o'ynaymiz." Keyinroq Kiryakov jamoadan chetlashtirildi.

15 iyun kuni Germaniya va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi guruh bosqichi o'yini bo'lib o'tishidan bir kun ilgari Manchester shahrida terakt sodir etildi. SHahar markazidagi portlash natijasida 212 kishi jarohatlangan va taxminan 700 million funt sterlinglik zarar keltirgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari xabariga ko'ra, jangarilar to'xtab turgan mashinaga bomba o'rnatgan. Portlashdan to'rt kun o'tib, Muvaqqat Irlandiya Respublika armiyasi bayonotini elon qilib, javobgarlikni o'z zimmasiga oldi, ammo tinch aholiga jarohat etkazganidan afsusda ekanligini malum qildi. 

Manchesterdagi portlash Evropa chempionati davom etayotgan shaharda sodir bo'lgan birinchi va hozircha yagona yirik terakt bo'ldi. Portlash sodir bo'lgan kunning ertasiga "Old Trafford" stadioni qattiq qo'riqlanib, sinchkovlik bilan tekshirilgandan so'ng rejalashtirilgan bellashuv bo'lib o'tdi; Germaniya Rossiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan o'yinni deyarli 50 700 muxlis tomosha qildi.

"D" guruhida Portugaliya va Xorvatiya pley-off ishtirokchisiga aylandi. Amaldagi chempion Daniya Turkiya bilan birga o'z ishtirokini yakunladi.

Turklar musobaqada birorta ochko qo'lga kirita olmadi, hatto gol ham ura olmadi. Ammo Turkiya chempionatda o'z futbolchisi uchun Fair Play sovrinini qo'lga kiritdi. Xorvatiya bilan o'yinda taxminan 50 metr masofani bosib o'tgan Goran Vlaovichni unga yaqinlashgan Alpayda raqibini yiqitish evaziga to'xtatib qolish imkoniyati bor edi, biroq himoyachi bunday ish qilmadi. SHundan so'ng Vlaovich turkiyalik darvozabon Rushtu Rejberni aldab o'tib, gol urdi.


Turkiyada Alpayning xatti-harakati qadrlanmadi va uni xoin deb atashdi, bu haqda futbolchining o'zi bir necha bor intervyularida takidlab o'tgan. Bu haqda Vlaovichdan so'ralganda, "Alpayning o'rnida bo'lganimda, men ham qoida buzmagan bo'lardim, qo'pollik ishlatish faqat havaskorlarga xos", deya javob qaytardi.

CHorak finalning ikki o'yinida g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Ispaniya — Angliya va Franciya — Niderlandiya uchrashuvlarida hisob ochilmadi. "Lotereya"da esa Angliya va Franciya ustun keldi. SHuningdek, Germaniya Xorvatiyani (2:1), CHexiya esa Portugaliyani (1:0) musobaqadan chiqarib yubordi.

1/4 final

Angliya – Ispaniya 0:0 (4:2 - penaltilar bo'yicha)

Gollandiya – Franciya 0:0 (4:5 - penaltilar bo'yicha)

Germaniya – Xorvatiya 2:1 (Klinsmann, 20, penaltidan, Zammer, 59 – SHuker, 51)

CHexiya – Portugaliya 1:0 (Poborski, 53)

Yarim finalda ham g'oliblarni aniqlash uchun 11 metrli jarima zarbalariga murojaat qilindi. Unga ko'ra, CHexiya Franciyani (0:0, pen.6:5), Germaniya esa Angliyani (1:1, pen.6:5) mag'lubiyatga uchratdi. Qiziq tomoni, inglizlar safida yagona noaniq urinishni terma jamoaga Evro-2024'da ustozlik qilayotgan Garet Sautgeyt amalga oshirgan.

Angliya yarim finalda Germaniyaga mag'lub bo'lganidan keyin Trafalgar maydoni va uning atrofida keng ko'lamdagi tartibsizliklar sodir etildi. SHuningdek, yana bir qancha shaharlarda ko'chalar bo'ylab nosozlik namoyishlari bo'lib o'tdi. 

Policiya va Germaniyada ishlab chiqarilgan avtomobillar nishonga olindi, boshqa turli mulklarga ham zarar etkazildi. Braytonda rossiyalik talabani nemis deb o'ylashib, zo'ravonlar tomonidan pichoqlandi.


1/2 final

Angliya – Germaniya 1:1 (SHirer, 3 – Kuntc, 16), 5:6 - penaltidan

Franciya – CHexiya 0:0 (5:6 - penaltidan)

Hal qiluvchi o'yinda CHexiya va Germaniya o'zaro ro'baro' keldi. Bellashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarda esa Oliver Birxoff tomonidan urilgan "oltin gol" nemislarga chempionlikni taqdim etdi.

Qiziq tomoni, nemislar Evropa chempionatida yakuniy tarkibni shakllantirishda juda katta selekciya muammolariga duch kelgandi va Germaniya bosh murabbiyi Berti Fogst o'z intervyularidan birida zarurat tug'ilganda, zaxira darvozabonlari Oliver Kan va Oliver Rikni boshqa ampulada sinab ko'rishini malum qildi, biroq bu amalga oshmadi.

Evropa chempionati–1996. Final

Germaniya – CHexiya – 2:1 (0:0, 1:1, 1:0), "Oltin gol"

30 iyun, 1996 yil. London. "Uembli" stadioni. 73 611 tomoshabin.

Hakamlar: P.Payretto, D.Nikoletti, T.Manfredini (barchasi – Italiya).

Germaniya: Kyopke, Babbel, Zammer, Xelmer, SHoll (Birxoff, 59), SHtrunc, Altc (Bode, 46), Xyossler, Cige, Klinsmann (s), Kuntc.

CHexiya: Kouba, Rada, Kadlec (s), Suxoparek, Gornyak, Beybl, Nedved, Nemec, Poborski (SHmicer, 88), Kuka, Berger.

Gollar: 0:1 Berger (59 penalti), 1:1 Birxoff (73), 2:1 Birxoff (95 "oltin gol").

Ogohlantirishlar: Xelmer, Zammer, Cige, Gornyak.


Angliya terma jamoasi sharafiga yozilgan “Futbol uyga keladi” replikasi bilan yozilgan “Uch sher” musiqiy kompoziciyasi turnirning nemis g'oliblariga shunchalik yoqdiki, ular chempionlikni nishonlashda shu qo'shiqni ham ijro qilishdi, shuningdek, qo'shiq nemis xit-paradida 16-o'rinni egalladi.


Angliya terma jamoasi hujumchisi Alan SHirer 5 ta gol bilan musobaqa to'purariga aylandi. Germaniyalik futbolchi Mattias Zammer esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ramziy jamoa: Andreas Kepke (Germaniya), Loran Blan (Franciya), Marsel Desayi (Franciya), Mattias Zammer (Germaniya), Paolo Maldini (Italiya), Pol Gaskoyn (Angliya), Karel Poborski (CHexiya), Diter Aylts (Germaniya), Alan SHirer (Angliya), Xristo Stoichkov (Bolgariya), Davor SHuker (Xorvatiya).


Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi — futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz

Stadiondagi ur-to'polon, gaz ishlatgan policiya hamda Rim Papasining bashorati — janjallar girdobidagi mamlakat mezbonligida o'tgan Evropa chempionatini yodga olamiz  

Evro-1984. Bir taymda 9 gol urgan Ispaniya, Zidanga "kalla qo'yishni" o'rgatgan francuz hamda Konfuciy hikmatini aytib, chempionlikdan so'ng bosh murabbiylikdan ketgan mezbonlar ustozi haqida hikoya qilamiz

Evro-1988. Mukofot puli tufayli boykotga uchragan Portugaliya, singan shishadan boshi yorilgan darvozabon, raqib libosini hojatxona qog'oziga qiyoslagan Kuman hamda chempionlik paradi fojiaga aylangan niderlandlar haqida hikoya qilamiz

Evro-1992. O'yin vaqti maydonda portlagan bomba, "oy"dan kelgan mamlakat, Betxoven musiqasini madhiyaga aylantirgan bayroqsiz jamoa hamda saralashdan o'ta olmay, butun mamlakat yomon ko'radigan murabbiy bilan g'olib chiqqan chempion haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика