So’nggi yangiliklar

19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  2 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  2 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  4 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  4 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  101 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1

Eshmurod CHorshanbiev xotira turnirida “Samarqand BO'SM-1” chempion Yangiliklar

Eshmurod CHorshanbiev xotira turnirida “Samarqand BO'SM-1” chempion

“SHo'rtan”PFK rahbariyati tashabbusi bilan 5-10 noyabr kunlari G'uzor futboli asoschisi, ko'plab g'uzorlik futbol sevar yoshlarga ustozlik qilgan, fidoyi inson Eshmurod CHorishanbiev xotirasiga bag'ishlangan turniri o'z poyoniga etdi.

Bir hafta davomida  G'uzor shahridagi “SHo'rtan”PFK va “G'uzor bolalar sport majmuasi” futbol maydonlarida  bo'lib o'tgan xotira turnirda  yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 10 jamoa ishtirok etdi. 2005-2006 yillarda tavallud topgan futbolchilar qatnashgan musobaqa finalida "Samarqand BO'SM-1" (Samarqand) va "Beshariq-BO'SM"(Farg'ona) tarbiyalanuvchilari to'qnash kelishdi. O'yin 3:2 hisobida Sami Igamberdiev va Akmal Xolmatov ustozlik qilayotgan "Samarqand BO'SM-1" g'alabasi bilan yakunlandi.


Musobaqaning 3-o'rinni uchun kechgan bahsda Erkin To'raev shogirdlari “Denov futbol internati” jamoasi  Navoiyining “Navoiyi BO'SM-2”jamoasiga qarshi maydonda saf tortishdi. Keskin va qiziqarli kechgan uchrashuvda denovlik yosh futbolchilar o'z tengdoshlari ustidan  kichik 1-0 hisobida zafar quchishdi.


SHu tariqa , “Denov futbol internati” jamoasi  musobaqaning faxrli 3-o'rinni qulga kiritishdi.

Jamoalar qo'yidagi o'rinlarni qo'lga kiritishdi:
1-o'rin “Samarqand BO'SM-1”(Samarqand)
2-o'rin “Beshariq-BO'SM”(Farg'ona)
3-o'rin “Denov Futbol internati”(Surxondaryo)
4-o'rin “Navoiyi BO'SM-2”(Navoiyi)
5-o'rin ”Peshku Futbol internati”(Buxoro)


SHuni takidlash keraki, “SHo'rtan”PFK rahbariyati musobaqa davomida viloyatdan tashrif buyurgan 10ta jamoaning barchasiga birdek etiborda bo'ldilar.
Musobaqa davomida  tashkilotchilar tomonidan  mehmon ishtirokchilarga Qarshi shahriga sayyohat ham tashkil etildi. Va shu kuni oliy liganing tur uchrashuvidan o'rin olgan “Nasaf”-”SHo'rtan” jamoalar o'rtasidagi bahsiga mehmonlar bevosita yangilagan “Nasaf” markaziy o'yingohida  uchrashuvni bevosita tomosha qilishga muyaassar bo'lishdi.


Festival ko'rinishida  o'tgan musobaqa mehmonlarga iliq taasurot qoldirdi.

Musobaqa sovrindorlari  va turli nominaciyalariga munosib deb etirof etilgan yosh futbolchilarga tashkilotchilar tomonidan kubog, medal, diplom va qimmat baho sovg'alar o'z egalariga  bayramona kayfiyatda topshirildi.

Musobaqaning final bahsi va taqdirlash marosimidan olgan olgan sara lavhalarni tomosha qiling.


Fahriddin CHoriev  


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика