So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  28 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Intervyu. Umar Eshmurodov - "Nasaf", chempionlik, Katanec va Cheran haqida Yangiliklar

Intervyu. Umar Eshmurodov - "Nasaf", chempionlik, Katanec va Cheran haqida

Superliganing amaldagi chempioni "Nasaf" Turkiyada tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda.

"Ajdarlar" bu yil tarkibga bir nechta tajribali futbolchilarini qaytardi. Xususan, mudofaa chizig'iga Umar Eshmurodov jalb qilindi. O'tgan mavsumda Malayziyaining "Selangor" klubida to'p tepgan futbolchi yana "ajdarlar" sharafini himoya qiladi. Eshmurodov yangi mavsumga tayyorgarlik haqida fikrlari bilan bo'lishdi. 

- "Nasaf" amaldagi chempionlikni o'zida saqlab qolishga tayyormi?

- Albatta. "Nasaf" bu yil ham barcha turnirlarda bosh sovrin uchun kurash olib boradi. Turkiyadagi yig'inimiz mavsumga tayyorgarlik uchun ayni muddao va foydali bo'ldi deya olaman. Yaxshi jamoalarga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. Chempionat startiga qadar biroz vaqt bor. Ungacha kamchiliklarimizni to'g'rilab, jismoniy holatimizni optimal holatga olib chiqamiz.

- Chempionlik yo'lida qaysi jamoani jiddiy raqib sifatida ko'ryapsiz?

- Superligada har bir uchrashuvga jiddiy qarab ochko jamg'arish talab etiladi. O'z safiga yaxshi futbolchilarni qo'shib olgan futbolchilar bor. "Paxtakor", "Neftchi", "Navbahor", OKMK, "So'g'diyona" jamoalaridan xuddi biz chempionlik uchun kurashishni kutmoqdaman.

- Bu yil Superligada 3 ta Qashqadaryo jamoasi o'ynaydi. Qiziqarli derbilardan nima kutyapsiz?

- Yaxshi derbilar bo'lishi shubhasiz. Qashqadaryoda futbolga qiziqish juda yuqori. Shu o'rinda "Sho'rtan" va "Mashal"ni Superligaga chiqqani bilan tabriklayman.

Dragan Cheran va Rubin Xebay bu yil nechta gol uradi?

- Nechta gol urishini taxmin qilmayman, lekin jamoaga katta foydasi tegishiga ishonaman. 

- Milliy terma jamoada Katanec davrida asosiy himoyachi bo'ldingiz. Undan ko'proq nimani o'rgandingiz?

- Katanec ko'p jabhalarda o'sishimizga yordam berdi. Ayniqsa jismoniy taraflama hali ko'p ishlashimiz kerakligini ko'rsatib ketdi. Bu uchun undan minnatdormiz va sog'lik tilaymiz. Oldimizdagi o'yinlarda har bir raqib xavfli. Biz tartibli o'ynab maksimal ochko yig'ishimiz lozim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика