"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi. Maksim Lisicin – Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi!
14 iyu 11:17
Yangiliklar
"Eshitdik-da"ning insaydi tasdiqlandi. Maksim Lisicin – Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi!
U terma jamoani sentyabr oyida boshlanadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga saralashning uchinchi bosqichiga tayyorlaydi.
Maksim Lisicin Qirg'iz Respublikasidagi faoliyatini 4 yil avval boshlagan. 2022 yilda uning boshchiligidagi U-20 yoshlar terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga chiqdi. Bundan tashqari, rossiyalik mutaxassis Qirg'iz Respublikasining 23 yoshgacha bo'lgan olimpiya terma jamoasini Osiyo chempionati saralash o'yinlarida boshqarib bordi.
Kecha Qirg'iz futbol ittifoqi ijroiya qo'mitasi Lisicin nomzodini maqullagach, QR futbol federaciyasi prezidenti Qamchibek Tashiev jamoaning yangi bosh murabbiyi bilan uchrashdi. U jamoaning yangi murabbiyiga muvaffaqiyat tiladi va uning rahbarligida jamoa yangi marralarni zabt etishiga ishonch bildirdi.
Qirg'iz futbol ittifoqi va yangi bosh murabbiy o'rtasidagi shartnoma 1 yilga mo'ljallangan. Maksim Lisicin Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi yakuniga qadar ishlaydi.
Avvalroq Championat.asia sayti Lisicin Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyiga aylanishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar