Eshitdik-da! "Xorazm" Braziliya, Franciya va Nigeriyadan legionerlar jalb qildi
19 jan 12:45
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Xorazm" Braziliya, Franciya va Nigeriyadan legionerlar jalb qildi
Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, klub braziliyalik yarim himoyachilar — Rafael Sabino (suratda) va Elzio Lohan, franciyalik vinger Yanis Leri va nigeriyalik hujumchi Adeleke Akinemini tarkibga qo'shib olgan.

29 yoshli tayanch yarim himoyachisi Sabino o'tgan mavsum Qozog'istonning "Qiziljar"ida harakat qilgan. Faoliyati mobaynida Braziliya va Ukraina jamoalarida to'p tepgan.
24 yoshli markaziy yarim himoyachi Lohan o'tgan mavsum Kiprning "Enosis" jamoasi sharafini himoya qilgan. Faoliyati davomida Braziliya, Xorvatiya, Bosniya va Gercegovinada o'ynagan.
22 yoshli vinger Leri o'tgan mavsum Ispaniyaning "Logrones" jamoasida o'ynagan. Faoliyati mobaynida Franciya, Lyuksemburg va Ispaniya jamoalarida harakat qilgan.
27 yoshli hujumchi Adeleke Akine o'tgan mavsum Finlyandiyaning "Ilves" jamoasi libosida to'p tepgan. Faoliyati davomida Nigeriya, Kipr, Albaniya, Shimoliy Makedoniya, Latviya, Norvegiya va Chexiya maydonlarida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar