Eshitdik-da! Qirg'iziston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi malum
13 iyu 18:52
Yangiliklar
Eshitdik-da! Qirg'iziston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim bo'lishi malum
Bugun Qirg'iz Respublikasi bosh murabbiyi SHtefan Tarkovich istefoga chiqarilgani haqida xabar bergandik.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, terma jamoaning yangi bosh murabbiyi rossiyalik 46 yoshli mutaxassis Maksim Lisicin bo'ladi. Ushbu murabbiy 2020 yildan buyon Qirg'izistonda ishlab kelmoqda. 2020-2023 yillarda "Ilbirs"da faoliyat olib borgan Lisicin 2023 yildan boshlab "Dordoy" va Qirg'iziston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan edi.
Bizning fikrimizcha Qirg'iz Respublikasi futbol uyushmasi terma jamoani yoshartirmoqchi va 2027 yilgi Osiyo kubogiga munosib tayyorlashmoqchi. Maksim Lisicin esa yoshlar bilan ishlashni yaxshi biladi.
Malumot uchun, Qirg'iziston terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionati saralashi 3-bosqichiga chiqdi.
Fikrlar