Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi Evropa klubiga o'tishga yaqin. Bu Diyor Xolmatov emas
07 fev 2024 19:00
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Paxtakor" futbolchisi Evropa klubiga o'tishga yaqin. Bu Diyor Xolmatov emas
O'zbekiston terma jamoasi va "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Aziz Turg'unboev legionerga aylanmoqda.
Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Osiyo kubogi qahramonlaridan biri Aziz Turg'unboevga Turkiyaning "Sivasspor" klubi jiddiy qiziqib qolgan. Futbolchi erkin agent maqomida Turkiya Superligasiga ko'chib o'tishga yaqin.
Malumot uchun, "Sivasspor" 1967 yilda tashkil etilgan va uy o'yinlarini 27532 tomoshabinga mo'ljallangan "Sivas 4 Eylül Stadium" stadionida o'tkazib keladi. Jamoani ayni paytda mahalliy murabbiy Bulent Uygun boshqarmoqda. "Sivasspor" ayni paytda Turkiya Superligasida 24ta turdan so'ng 30 ochko bilan musobaqa jadvalining 10-pog'onasida bormoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar