Eshitdik-da! "Olimpik" futbolchisi kecha jamoa bilan xayrlashdi, u tez orada "Paxtakor" safiga qo'shiladi
01 iyu 2024 13:07
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Olimpik" futbolchisi kecha jamoa bilan xayrlashdi, u tez orada "Paxtakor" safiga qo'shiladi
Kecha Superliga 5-tur qoldirilgan uchrashuvlarning ikkitasi bo'lib o'tdi.
Olmaliqda "Metallurg" jamoasi "Olimpik"ni qabul qildi. O'yin Timur Kapadze shogirdlarining 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, kecha uchrashuvdan keyin "Olimpik" yarim himoyachisi Ibrohim Ibragimov butun jamoa bilan xayrlashgan. 23 yoshli futbolchi yaqin kunlarda "Paxtakor" jamoasi safiga borib qo'shiladi. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishib bo'lishgan.
Ibragimovning transfer huquqi "Metallurg" jamoasiga tegishli hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, kecha Ibrohim Ibragimov "Olimpik" safida xet-trik qayd etdi va jamoadan ketishida chiroyli nuqta qo'yib ketdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar