Eshitdik-da! Latviya terma jamoasi futbolchisi Toshkent klubi ixtiyoriga etib keldi
12 iyu 13:45
Yangiliklar
Eshitdik-da! Latviya terma jamoasi futbolchisi Toshkent klubi ixtiyoriga etib keldi
"Bunyodkor" yozgi transferlar oynasida tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Klub ixtiyoriga kecha Latviya terma jamoasi hujumchisi Marko Regja etib kelgan. U "Bunyodkor"ning yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etadi.
Malumot uchun, Regja "Bunyodkor"ga Latviya Oliy Ligasi qatnashchisi "Riga" klubidan keldi. U o'tgan mavsumda jamoasi safida 34 ta o'yinda maydonga tushgan va 15 ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'lgan edi. Joriy mavsumda esa 19 ta bahsda 12 ta gol urgan holda to'purarlar jadvalida ikkinchi o'rinda ketmoqda. Futbolchi mamlakat terma jamoasida 10 ta o'yinda maydonga tushgan.
Transfermarkt portali forvardning narxini 600 ming evroga baholagan.
Fikrlar