So’nggi yangiliklar

18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  0 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  4 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  4 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  31 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  2 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0

Eshitdik-da! Kapadze OTJga O'zbekiston U-20 terma jamoasidan 8 nafar o'yinchini chaqirdi Yangiliklar

Eshitdik-da! Kapadze OTJga O'zbekiston U-20 terma jamoasidan 8 nafar o'yinchini chaqirdi

1 iyun kuni "Eshitdik-da" ruknimiz orqali O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 13-20 iyun kunlari Xitoyda yig'in o'tkazishi hamda Xitoy U-23 terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda yig'in o'tkazadi

Ertaga Timur Kapadze ana shu yig'inga chaqirgan futbolchilar ro'yxati elon qilinadi. "Championat.asia" olgan malumotlarga ko'ra, Kapadze O'zbekiston U-20 terma jamoasidan Xitoy yig'iniga 8 nafar o'yinchini taklif qilgan. Bular: Otabek Boymurodov (darvozabon), Saidafzalxon Ahrorov, Mahmud Mahamadjonov, Jahongir O'rozov, Javohir Otamurodov (hammasi himoyachi), Umarali Rahmonaliev, Behruz Asqarov (ikkisi yarim himoyachi) hamda Po'latxo'ja Xoldorxonov (hujumchi).

Qizig'i, yuqoridagilar orasidan "Nasaf" azosi hisoblangan markaziy himoyachi Javohir Otamurodov Argentinadagi mundialda ishtirok etmadi. Toshkentda o'tgan U-20 Osiyo kubogida esa faqatgina 3-turda Indoneziyaga qarshi o'ynagan. O'sha birgina uchrashuvdagi harakatlarida Kapadze nimanidir payqagan ko'rinadi, murabbiy uni ham chaqirib yig'inda sinab ko'rmoqchi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasining to'liq tarkibi ertaga elon qilinishi kutilmoqda. Yakuniy ro'yxatda minimal o'zgarishlar bo'lib qolishi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, bugun O'zbekiston MTJning "CAFA Nation's Cup"da ishtirok etadigan tarkibi elon qilindi. Undan O'zbekiston U-20 terma jamoasidan markaziy himoyachi Abduqodir Husanov hamda hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev ham o'rin olgan. Timur Kapadze ularni ham olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirmoqchi edi. Ammo, Srechko Katanec Husanov va Fayzullaevni milliy terma jamoaga chaqirdi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика