So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Eshitdik-da! FIFA “Mashal”ga muhlat berdi Yangiliklar

Eshitdik-da! FIFA “Mashal”ga muhlat berdi

Teglar :  Mashal FIFA
“Mashal”ni oldinda ancha sinovli davr kutayotgan ko'rinadi.

Boisi muborakliklar safida o'ynab ketgan ayrim futbolchilar klubning hamon ulardan qarzdorligi mavjud ekanini davo qilgan holda FIFAga arz qilishdi. Jumladan, nigeriyalik futbolchilar Ifeanyi Ifeanyi hamda Ibe Mikael Okoro “Mashal” ular bilan to'liq hisob-kitob qilmagani borasida shikoyat bildirishgan. 

FIFA esa har ikki futbolchi bilan bog'liq nizoli vaziyat yuzasidan yakuniy qarorni chiqardi. 12 aprelda FIFA “Mashal” futbol klubi zimmasiga Ifeanyi Ifeanyi hamda Ibe Mikael Okoro oldidagi qarzdorlikni yopish majburiyatini qo'ydi. Agar bu vazifa klub tomonidan yaqin 45 kun ichida bajarilmasa, “Mashal”ning transferlariga taqiq qo'yiladi. 

Sir emas – odatda futbol klublarimiz yil yakunida ko'pincha xorijlik futbolchilardan (ayniqsa serbiyalik va afrikalik o'yinchilardan) qarzdor bo'lib qoladi. Hayratlanarli jihati shundaki – klub ustidan arz qilib, uning transferiga taqiq qo'ydirgan futbolchilar bilan yana undan keyingi mavsumga shartnomalar imzolanaveradi – xuddi “Surxon” Vladimir Bubanya bilan oldinroq transferini aynan u yoptirgan bo'lsa ham ikkinchi marta yana shartnoma tuzganidek. Darvoqe, “Surxon” Vladimir Bubanyaning ikkinchi marta FIFAga yozgan shikoyatini hali yopganicha yo'q. Bu orada Bubanya "Andijon"ga ko'chib o'tishga ham ulgurdi.  

G'alati dunyo (Bubanyaning g'aroyib hikoyasi)

Bubanya bilan bog'liq holatni bejizga yodga olmadik. Boisi Ibe Mikael Okoro o'tgan yil avvalida “Andijon”ning ham transferiga taqiq qo'yilishiga sabab bo'lgandi. Bu safar endi “Mashal”ning ham transferi aynan Ibega qarzdorlik vaqtida to'lanmagani sabab yopiladiganga o'xshaydi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика