So’nggi yangiliklar

23:50"Байер" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олди  0 23:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 3:0   0 23:19Виктор Карпенко: "Биринчи бўлим бизнинг устунликда ўтди, иккинчи бўлимда ҳимояланишга мажбур бўлдик"  3 22:51Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятга лойиқ эмасдик"  0 22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  1 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  2 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  22 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  15 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  23 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2

Eshitdik-da: AGMKga qarshi o'yindan keyin Rahmatullaev "Andijon"dan ketadi Yangiliklar

Eshitdik-da: AGMKga qarshi o'yindan keyin Rahmatullaev "Andijon"dan ketadi

"Andijon" yarim himoyachisi Dilshod Rahmatullaev Superliganing 15-turi doirasidagi AGMKga qarshi bellashuvdan keyin jamoasini almashtirmoqchi.

Bizga malum bo'lishicha, futbolchi jamoadan ketishga qaror qilgan. Biroq "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov Dilshod Rahmatullaevdan ikkinchi davradagi dastlabki ikki uchrashuvni o'tkazib berishni so'ragan.

Dilshod Rahmatullaev katta ehtimol 31 iyul kuni bo'lib o'tadigan AGMKga qarshi bahsdan keyin "Andijon"ni tark etadi.

Futbolchining bunday qarorga kelishiga nima sabab bo'lgani hozircha nomalum.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum avvalida Dilshod Rahmatullaev "Paxtakor"dan "Andijon"ga o'tgandi.

AGMK bilan uchrashuvdan Dilshod Rahmatullaev erkin agentga aylanadi. 

Qayd etish kerakki, Superligada yozgi transfer oynasi 5 avgustga qadar davom etadi. Dilshod Rahmatullaevning xizmatlariga esa vodiyning "Navbahor" hamda sobiq jamoasi "Nasaf" tomonidan qiziqish mavjud. Futbolchi "Andijon"dan ketganidan so'ng katta ehtimol mazkur jamoalardan biriga o'tishi mumkin.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика