So’nggi yangiliklar

21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  19 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  3 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  9 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  45 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1

Ertaga “O'zimizning Axbor aka” nomli taqdimot marosimi Yangiliklar

Ertaga “O'zimizning Axbor aka” nomli taqdimot marosimi

Teglar :  Axbor Imomxo'jaev
SHu vaqtga qadar “Futbol - quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “O'zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblari nashrdan chiqqan o'zbek sporti jurnalistikasining otaxoni Axbor Imomxo'jaev, “Bir asrlik futboldagi qadrdonlarim haqida” nomli yangi kitob yozish ishlari bilan band.

Bunga qadar esa yozuvchi Hamroxon Musurmonovaning “O'zimizning Axbor aka” nomli yangi kitobi bosmadan chiqdi. Taniqli sport sharhlovchisining 80 yoshli yubileyiga atab yozilgan kitobda Axbor dodaning hayot yo'li va  faoliyati hikoya qilinadi.

26 mart, shanba kuni O'zbekiston milliy paralimpiya qo'mitasida mana shu kitobning taqdimot marosimi bo'lib o'tadi. Unda kitob muallifi Hamroxon Musurmonova, uning qahramoni Axbor Imomxo'jaev hamda uning yaqinlari, taniqli sport jurnalistlari ishtirok etishi ko'zda tutilgan. 

Tadbirda ustoz jurnalist, bugungi kunda futbol OAVda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar uchun o'zlarining qimmatli maslahatlarini ham beradilar. SHuning uchun tadbir barcha uchun ochiq.

Istardikki, unda saytimiz o'quvchilari ham faol ishtirok etsalar. Kitobdan xarid qilib, ustozning bosib o'tgan yo'llarini mutola qilsalar. 

Soat 11:00 da boshlanadigan taqdimotga futbol muxlislari ham tashrif buyurishlari mumkin. Istovchilar yangi kitobni shu erning o'zidan xarid qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Qimmatli inson uchun atab yozilgan kitob, juda arzon, bor yo'g'i 12 000 so'm. Kitobni voqea joyidan, ustozning dastxatlari bilan harid qilishga nima etsin? Saytimiz o'quvchilarini tadbirga taklif etamiz!

Manzil: O'zbekiston milliy paralimpiya qo'mitasi
Mo'ljal: Beshyog'och, Boks federaciyasi yonida.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика